So’nggi yangiliklar

12:27"Пахтакор"да йўқотиш. Бу мавсум 5та гол урган футболчи сафдан чиқди  0 11:58"Насаф" голлар шоусида ОКМКни мағлуб этган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 11:27Футзал. Бугун Фарғонада 10-тур старт олади, пешқадам БМБ "Пахтакор"га қарши  0 11:11Жозе Моуриньо собиқ жамоасига қайтмоқчи  6 10:45Ильгиз Танташев ЖЧ-2026 саралаш ўйинига тайинланди  1 10:36«Челси» 17 ёшли болакай учун 30 миллиондан воз кечишга тайёр  0 10:11ПСЖ президенти журналистнинг саволига кескин жавоб қайтарди  6 09:45Тиаго Силва янги жамоаси билан шартнома имзолади  4 09:19Мбаппенинг «Боруссия»га қарши учрашувдаги ҳаракатлари 2 баҳога лойиқ кўрилди  16 08:53Месси ХХI асрда ушбу натижага эришган биринчи футболчига айланди  10 08:26Луис Энрике ПСЖнинг EЧЛдан чиқиб кетишига муносабат билдирди  19 08:00ПСЖ — «Боруссия» учрашувининг «man of the match» соҳиби маълум  14 07:32Эрон чемпионати. Остон рамзийдан жой олди, Машариповчи?  5 07:07Аббосбек Файзуллаев РПЛ рамзий терма жамоасидан ўрин олди  5 06:20Чемпионлар лигаси 1/2 финал. ПСЖ - "Боруссия Д" 0:1  3

Olimpiada. Startdan oldingi mag'lubiyat yoxud MOQning mantiqni "yig'latgan" qarori (FR blogi) Yangiliklar

Olimpiada. Startdan oldingi mag'lubiyat yoxud MOQning mantiqni "yig'latgan" qarori (FR blogi)

"Eşkıya Dünyaya Hükümdar Olmaz" (Yomonlik dunyoga ustun bo'lolmas)ning 6-mavsumi tugadi, Qirmizigulning yangi musiqiy albomi chiqmayapti. Odam zerikib ketdi. SHu tufayli bugun sport haqida gaplashamiz.

Kirish biroz mantiqsizdek tuyulmadimi?

SHunaqa! CHunki bugun mantiqsizlikni maynavozchilik darajasiga chiqargan voqea haqida gaplashamiz. Barchasi "Olamsport"da chiqqan quyidagi xabar bilan bog'liq.

Aytaveramiz va qaytaveramiz: O'zbekiston delegaciyasi o'z bayroqdorini o'zgartirgani malum bo'ldi

 Bayroqdor

Olimpiada — har 4 yilda o'tkaziladigan sport olamidagi eng yirik voqelik. Unda ishtirok etish har bir atlet uchun sharaf. Turnirning tantanali ochilish marosimida o'z vatani bayrog'ining tamsilchisi sifatida chiqish esa har bir sportchining azaliy orzusi hisoblanadi. Biroq, bu baxt hammaga ham nasib qilavermaydi.

Bunga qadar olimpiya o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasining bayroqdori vazifasini bajargan sportchilar ro'yxati: 

1996 - Temur Ibragimov (boks)

2000 - Muhammadqodir Abdullaev (boks)

2004 - Abdulla Tangriev (dzyudo)

2008 - Dilshod Mahmudov (boks)

2012 - Elshod Rasulov (boks)

2016 - Bahodir Jalolov (boks)

Joriy olimpiadada bu vazifani Bobo-Usmon Baturov hamda afsonaviy CHusovitina bajarishi kerak edi. Biroq, bugun MOQ bosh kotibi bu vazifa Bahodir Jalolov va Nigora Tursunqulovaning zimmasiga ishonib topshirilganini elon qildi

Sabab?

Uning takidlashicha, bu qaror qabul qilinishida 2 ta asos inobatga olingan:

1. Har bir sport turida musobaqalar jadvali inobatga olinibdi.

Savol tug'iladi: O'z ishining ustalari jamlangan MOQdek nufuzli tashkilot bu jihatni oldinroq inobatga ola bilmaganmi? Yanglishmasam, musobaqalar taqvimi CHusovitina va Baturov bayroqdor sifatida tanlanishida oldin ham malum edi.

2. Barcha sportchilar, delegaciya azolarining fikri inobatga olinibdi.

Tasavvur uyg'onadi: Tokiodagi delegaciya tarkibida Baturov va CHusovitinaning tamsilchi bo'lishidan norozilar bor. Demak, ichki muhit havas qilarli darajada emas. Sportda ruhiy holatning o'rni jismoniy tayyorgarlikdan kam emasligini inobatga olsak, bazi atletlarimiz musobaqa startidan avval mag'lubiyatga uchradi.

CHusovitinaga nisbatan hurmatsizlik

Savol uyg'onadi: Xo'p, bayroqdorlar o'zgaribdi. Bu shunchalik yirik voqeami?

Ha, qachonki, bu huquq Oksana CHusovitinadan tortib olinga bo'lsa. Uni tanimaydiganlar uchun malumot:

Oksana CHusovitina — 46 yosh. Barselonadagi olimpiya o'yinlari chempioni, 3 karra jahon chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi, qatorasiga 7 bor yozgi Olimpiadada ishtirok etgan er yuzidagi yagona ayol sportchi sifatida ginnesning rekordlari kitobiga kiritilgan.

Yuqoridagi faktlarning o'zi CHusovitina O'zbekiston tarixidagi eng buyuk sportchi ekaniga dalolat emasmi. Agar kamlik qilsa, yana bitta malumot: u olimpiya o'yinlarida chempion bo'lganda (1992) bugun bayroqdor sifatida chiqadigan Bahodir Jalolov va Nigora Tursunqulovalar hali tug'ilishmagan edi. 

SHunday ekan, MOQ qaysi mantiq bilan bayroqdorlarni almashtirdi? Bu sportchilarning ruhiy holatiga jiddiy tasir qilgani aniq. Baturov bu borada gapirishni istamagan bo'lsa, CHusovitina xafaligini yashirib o'tirmadi:

"Bilasizmi, nima uchun bayroqdorlikni olib qo'yishganini menga tushuntirishmadi. SHunchaki meni bormasligimni aytishdi, tamom.

Motivaciyani o'ldirishdi. Bunday qilish mumkin emas. SHunchaki tushuntirsa bo'ladiku, barchamiz odammiz, tushunamiz".

Ko'rinyaptiki, bu qaror delegaciyadagi ichki muhitni buzib yubordi. SHuningdek, bu afsonaviy sportchining shaxsiyatiga nisbatan ulkan hurmatsizlikdir. CHusovitinaning o'rnida shaxsan men bo'lsam, javob tariqasida olimpiadada ishtirok etishdan bosh tortardim. To'g'ri, vatan tuyg'usi, uning shani degan narsalar bor. Lekin, unutmaslik kerak, CHusovitina sportchi sifatida vatan oldidagi burchini ortig'i bilan ado qilib qo'yganlardan. Ko'ramiz, buxorolik afsona MOQning mantiqni "yig'latgan", "xo'rlagan" qaroriga qanday javob qaytarar ekan?

Tokio Olimpiadasida Oksana CHusovitinani bayroqdor qilish uchun bir necha sabab

P.s. Yuqoridagi fikrlarning barchasi shaxsiy. Qo'shilmaganlarning qo'shilmaslikka haqqi bor.

Muallif :
Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика