Ilgiz Tantashev JCH-2026 saralash o'yiniga tayinlandi Yangiliklar

Ilgiz Tantashev JCH-2026 saralash o'yiniga tayinlandi

Xabaringiz bor, 2026 yilda SHimoliy Amerikada o'tkazilishi rejalashtirilgan futbol bo'yicha Jahon chempionati uchun Osiyo qitasi saralash uchrashuvlari o'tgan yilning oktyabr oyida boshlangan.

Saralashning dastlabki bosqichida hakamlarimiz 3 ta uchrashuvni boshqargan edi.

Saralashning ikkinchi bosqichidan o'rin olgan Xitoy – Tailand uchrashuvini Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqarib boradi. Qanotlarda unga Andrey Capenko hamda Timur Gaynullin yordam bersa, yana bir hamyurtimiz Asker Najafaliev zaxira hakami vazifasini bajarishi ko'zda tutilgan. Bundan tashqari, ushbu bosqich doirasidagi Qirg'iz Respublikasi – Malayziya bahsiga yana bir vakilimiz — Vladislav Ceytlin hakamlar nazoratchisi sifatida tayinlov olgan.

Quyida ular boshqaradigan uchrashuv malumotlari bilan tanishing:

JCH-2026 saralashi, 2-bosqich

Osiyo mintaqasi, "S" guruhi

Xitoy – Tailand

06.06.2024, 20:00

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Yordamchi hakamlar: Andrey Capenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Asker Najafaliev

Osiyo mintaqasi, "D" guruhi

Qirg'iz Respublikasi – Malayziya

 06.06.2024, 21:00

Nazoratchi: Vladislav Ceytlin

Vakillarimizga ushbu uchrashuvlarda omad tilaymiz!

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика