

Saralashning dastlabki bosqichida hakamlarimiz 3 ta uchrashuvni boshqargan edi.
Saralashning ikkinchi bosqichidan o'rin olgan Xitoy – Tailand uchrashuvini Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqarib boradi. Qanotlarda unga Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullin yordam bersa, yana bir hamyurtimiz Asker Najafaliev zaxira hakami vazifasini bajarishi ko'zda tutilgan. Bundan tashqari, ushbu bosqich doirasidagi Qirg'iz Respublikasi – Malayziya bahsiga yana bir vakilimiz - Vladislav Seytlin hakamlar nazoratchisi sifatida tayinlov olgan.
Quyida ular boshqaradigan uchrashuv ma'lumotlari bilan tanishing:
JCH-2026 saralashi, 2-bosqich
Osiyo mintaqasi, "S" guruhi
Xitoy – Tailand
06.06.2024, 20:00
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin
Zaxira hakami: Asker Najafaliev
Osiyo mintaqasi, "D" guruhi
Qirg'iz Respublikasi – Malayziya
06.06.2024, 21:00
Nazoratchi: Vladislav Seytlin

Vakillarimizga ushbu uchrashuvlarda omad tilaymiz!



