So’nggi yangiliklar

02:12Сергей Лушан: "Битта голдан сўнг футболчиларни яна ҳужум қилишга мажбурлай олмаяпмиз"  5 01:57Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Файҳа" меҳмонда "Ал Иттиҳод"дан йирик мағлубият қабул қилиб олди, Бензема дубль қайд этди, Шукуров тўлиқ ўйнади  2 01:52А Серия. "Интер" Туринда ғалабага эришди, "Наполи" ўз уйида "Женоа"ни мағлуб этолмади — икки тур қолганда орадаги фарқ бир очко  2 00:07Ҳаким Фузайлов: "Бугун "Навбаҳор"га мағлуб бўлдик, аммо ортда қолган ҳеч бир беллашувда ўйин борасида рақибга ютқазмадик"  1 23:45РПЛ. "Рубин" 90-дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ашурматов эса...  0 22:47Никола Лазаревич: "Иккинчи бўлимда кўпроқ гол уришимиз мумкин эди"  2 22:44АПЛ. "Арсенал" тўртта тўп киритилган "Ливерпуль"га қарши ўйинда ирода қайд этди  12 22:34Асрор Алиқулов: "Рақиблардан чўчиётганимиз йўқ"  1 22:20Суперлига. "Сўғдиёна" "Шўртан" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди  10 21:55Эл Классико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 4:3, Мбаппедан хет-трик, Рафинядан эса дубл  48 21:41"Манчестер Сити" "Ювентус" футболчиси билан музокара ўтказмоқда  2 21:19ЛаЛига. "Барселона" мавсумдаги тўртинчи Класикода ҳам ғалаба қозонди  531 21:07ОПЛ. "Сумқайит" меҳмонда мағлуб бўлди, Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жасур Жалолиддинов эса...  3 20:50Суперлига. "Машъал" ва "Қизилқум" жанговар дуранг қайд этди  3 20:29Бундеслига. "Байер" — "Боруссия Дортмунд" ўйинида 6 та гол урилди  1

Oliy liga. 8-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 8-tur ramziy terma jamoasi

Oliy liganing 8-tur o'yinlari yakunlangach odatga ko'ra ramziy terma jamoani tuzib chiqdik.
Undan "Lokomotiv", "Paxtakor", "Buxoro", "Nasaf", "Metallurg", "SHo'rtan", "Olmaliq", "Qizilqum" va "So'g'diyona" jamoasi futbolchilari o'rin olishdi.



Darvozabon: Zafar Safoev ("Metallurg")

"Metallurg"ning yosh darvozaboni oliy ligadagi dastlabki o'yinini "Paxtakor"ga qarshi o'tkazdi. Yosh posbon amaldagi chempionlarga qarshi juda yaxshi o'ynadi. Bir qator vaziyatlarda u bekobodliklarni yaqqol golli vaziyatlardan qutqarib qoldi. To'g'ri jamoasi mag'lub bo'ldi lekin darvozabon yarim jamoa ekanini unutmaslik kerak. Bir o'zi kuchli raqibga qarshi o'yinda g'alaba qozona olmasdi.



Himoyachilar: Bogdan Xaushi ("Buxoro"), Hamza Karimov ("Nasaf"), Aleksandr Merzlyakov ("Paxtakor").



Himoya chizig'iga uch nafar futbolchini tanladik. Muborakda mehmon bo'lgan "Buxoro" 2:2 hisobidagi durangga erishdi. O'sha o'yinda mehmonlar safida ruminiyalik Bogdan Xaushi jarima to'pidan gol urib hisobni ochgandi. Bundan tashqari Xaushi himoyada "Mashal"ning bir qator hujumlarini qaytarib turdi.



Namanganda "Navbahor"ga qarshi o'ynagan "Nasaf" so'nggi soniyalarda o'tkazib yuborilgan gol tufayli durang o'ynadi. O'sha bahsda qarshiliklar safida himoyada Hamza Karimov bo'lmaganida "lochinlar" g'alaba qozonib ketishlari ham hech gap emas edi. Hamza urilgan golda ham Maqsudga hammualliflik qildi.

Bekoboddagi o'yinda o'z qanotida juda faol o'ynagan Merzlyakov jamoasining g'alabasiga katta xissa qo'shdi. Sasha ham himoyada, ham hujumda tezkor harakatlari bilan boshqalardan ajralib turdi. Bir necha bor uning uzatgan to'plarni hujumchilar darvozaga yo'llay olishmadi.



Yarim himoyachilar: Murod Toshmatov ("Metallurg"), Sanjar SHoahmedov ("Lokomotiv"), Viktor Karpenko ("SHo'rtan"), SHavkat Salomov ("Olmaliq")

"Metallurg" yarim himoyachisi Murod Toshmatov jamoasida eng faol o'ynagan futbolchilardan biri bo'ldi. Bahs davomida u hujumlar tashkil etishda faol bo'ldi. Bundan tashqari bekobodliklarning yagona javob to'pini ham aynan Toshmatov "Paxtakor" darvozasiga kiritdi.



"Olmaliq"dan "Lokomotiv"ga o'tgan Sanjar SHoahmedovning o'yinida o'sish kuzatilmoqda. U OCHLda ilk bor qatnashdi, gollar urdi. Kechagi "Andijon"ga qarshi uchrashuvda Sanjar gol urdi, maydon markazida yaxshi o'ynadi, hujumchilarni bir necha marta qulay vaziyatga chiqardi.

G'uzorda tomoshabinlar haqiqiy gollar shousiga guvoh bo'lishdi. "SHo'rtan" va "Olmaliq" 3:3 hisobida jangovor durang o'ynashdi. Mezbonlar safida Viktor Karpenko ikkita gol urdi. Olmaliqliklar safida esa SHavkat Salomov doimgidek faol bo'ldi. Jamoasining 10 kishi bo'lib mag'lubiyatdan qutulib qolishida uning yordami katta bo'ldi.



Hujumchilar: Bahodir Pardaev ("Paxtakor"), Baxriddin Vahobov ("Qizilqum"), Jasur Hakimov ("So'g'diyona")

Hujum chizig'iga uch nafar dublga erishgan futbolchi kiritildi. "Paxtakor" hujumchisi Bahodir Pardaev Bekoboddagi o'yinni asosiy tarkibda boshladi. Bundan oldingi o'yinlarda asosan zaxiradan maydonga tushgan futbolchi gol urmagandi. "Metallurg" bilan o'yinda esa birdaniga 2ta gol urishga erishdi.

Bu yilgi mavsum to'purari Baxriddin Vahobov gol urishda davom etmoqda. "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsda tajribali hujumchi bu mavsumdagi o'zining 7 va 8-gollarini urdi.



Jizzax klubi o'z tarixida ilk bor "Bunyodkor"ni mag'lub etishida Hakimovning xissasi juda katta bo'ldi. "So'g'diyona" hujumchisi Jasur Hakimov "Bunyodkor" bilan o'yinda ikkita gol urib "qaldirg'ochlar"ning mag'lubiyatni taminladi.

Bosh murabbiy: Davron Fayziev ("So'g'diyona")

Tur ramziy terma jamoasiga "So'g'diyona" ustozi Davron Fayziev murabbiy sifatida kiritildi. Davron Oripovich o'z shogirdlari bilan "Bunyodkor"ni mag'lub etishni uddaladi. Raqib qanday holatda bo'lishidan qatiy nazar bu "Bunyodkor" edi. SHu bois Fayzievni tur murabbiyi deb topdik.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика