Oliy liga 6-tur statistikasi
01 may 2014 12:34
Yangiliklar
O'quvchilarimizga yakunlangan tur statistikasini havola qilamiz. Turning 7ta uchrashuvida darvozalarga 16ta gol urildi. Har bir o'yinga o'rtacha 2,29tadan gol to'g'ri keladi.
6-turdagi 7ta uchrashuvning 3tasida mezbon jamoa zafar quchdi. “Navbahor” o'z uyida “So'g'diyona”ni qabul qidi. O'yin SHaxboz Erkinovning benefisiga aylanib ketdi. Hujumchi Jizzax klubi darvozasiga uchta to'p kiritdi. Mezbonlar safida Abdumalik Abdullaev ham gol urishga erishdi. “So'g'diyona” hujumchisi Ilyos Qurbonov ushbu to'rtta golga ikki bor javob berdi – 4:2. Davron Fayziev jamoasining muvaffaqiyatsiz o'yinlari davom etadi. Olmaliq shahrida bo'lib o'tgan “Olmaliq” – “Qizilqum” uchrashuvida stadionga kelgan 7000dan ziyod muxlislar bitta golga guvohi bo'lishdi. Maydon egalarining tunislik yarim himoyachisi SHaker Zuagi O'zbekiston oliy ligasidagi o'zining dastlabki golini urdi. Bu gol tunislik futbolchilarning milliy chempionatimizdagi dastlabki goli bo'lib tarixda qoldi – 1:0. Vadim Abramov boshchiligidagi “Lokomotiv” Toshkentda Azamat Abduraimov ustozlik qilayotgan “Andijon”ni qabul qilib yirik g'alabaga erishdi. “Temiryo'lchilar” safida Farhod Tojiev va Ivan Nagaev ikki martadan “burgutlar” darvozasini ishg'ol qilishdi – 4:0.
Bu turda uchta durang qayd etildi. Farg'onada bo'lib o'tgan “Neftchi” – “Mashal” o'yinida hech bir jamoa gol ura olmadi – 0:0. “Neftchi” bu mavsumda g'alaba qozona olmaslikda davom etmoqda. “Mashal” esa safarda ochko olishni kanda qilayotgani yo'q. Xuddi shunday hisob Qarshida tashkil etilgan “Nasaf” – “Metallurg” o'yinida ham qayd etildi. O'zbekiston chempioni va kubogi sohibi “Bunyodkor” klubi bu turda ikki ochko yo'qotdi. Buxorodagi ko'rkam stadionda bo'lib o'tgan “Buxoro”ga qarshi bahsda 12 mingdan ziyod muxlislar har ikkala jamoa tomonidan urilgan bittadan golni ko'rishdi. 17-daqiqada mezbonlarning moldaviyalik yarim himoyachisi Vitaliy Plamadela ajoyib gol urishga muvaffaq bo'ldi. Biroq “Buxoro”ning xursandchiligi 60 soniyaga ham etmadi. Keyingi daqiqada “Buxoro”ning sobiq hujumchisi Vohid SHodiev hisobni tenglashtirdi – 1:1. Aynan mana shu hisob bahs oxiriga qadar saqlanib qoldi.
Safardan 1 jamoa g'alaba bilan qaytdi xolos. CHempionat peshqadami “Paxtakor” klubi Samarqandda “Dinamo” mehmoni bo'ldi. Uchrashuvdagi hisob 76-daqiqada Igor Sergeev tomonidan ochildi. Bunga “sherlar”ning sobiq hujumchisi Zayniddin Tojiev hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. Ammo hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda hujumchilarga yordamga kelgan Egor Krimec gol urib “Paxtakor”ga ketma-ket 6-g'alabani taqdim etdi.
6-turda ikkita penalti belgilandi. “Navbahor” hujumchisi SHaxboz Erkinov “So'g'diyona”ga qarshi o'yinda, “Lokomotiv” hujumchisi Farhod Tojiev “Andijon”ga qarshi bellashuvda 11 metrli jarima to'plarini aniq amalga oshirishdi. Hozircha chempionatda jami 10ta penalti amalga oshirildi, shundan 7tasi golga aylandi.
Turning 7ta uchrashuvida hakamlar tomonidan 29ta sariq kartochka ko'rsatildi. Bu har bir o'yinda 4,14tadan sariq kartochka ko'rsatildi deganidir. “Buxoro” – “Bunyodkor” uchrashuvida eng ko'p ogohlantirish ko'satildi – 6ta. “Olmaliq” – “Qizilqum” uchrashuvida hakam ikki marta sariq kartochka ko'rsatdi. Buxorodagi o'yinda turning yagona qizil kartochkasini ko'rsatildi. “Bunyodkor” himoyachisi Xayrulla Karimov bosh hakam Ravshan Ermatov tomonidan maydondan chetlatildi.
Ushbu turda uchta futbolchi dublga erishdi, bitta xet-trik ham qayd etildi. Kosonsoyda bo'lib o'tgan bahsda mezbonlar hujumchisi SHaxboz Erkinov mavsumdagi ilk xet-trik muallifiga aylandi. “So'g'diyona” to'purari Ilyos Qurbonov xuddi shu o'yinda dublga erishdi. “Lokomotiv”ning ikki hujumchisi Farhod Tojiev va Ivan Nagaev “Andijon”ga qarshi o'yinda ikki martadan to'p kiritishdi.
6-turning 7ta uchrashuvini kuzatish uchun stadionlarga jami 47171 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir o'yinga o'rta hisobda 6739 nafar tomoshabin keldi deganidir. Turning eng ko'p tomoshabini “Buxoro” – “Bunyodkor” uchrashuviga keldi – 12811. Eng kam tomoshabin esa “Lokomotiv” – “Andijon” bahsiga tashrif buyurgan. Ushbu o'yinni ko'rish uchun “Lokomotiv” stadioniga 1100 nafar tomoshabin keldi.

6-tur |
Ko'rsatkich |
2014 yil |
7 |
O'yin |
42 |
16 (2.29) |
Gol (o'rtacha) |
87 (2.07) |
3 (42.86%) |
Mezbon g'alabasi |
18 (42.86%) |
3 (42.86%) |
Durang |
11 (26.19%) |
1 (14.29%) |
Mehmon g'alabasi |
13 (30.95%) |
2 |
Penalti belgilandi |
10 |
2 (100%) |
Penalti amalga oshirildi |
7 (70%) |
29 (4.14) |
Ogohlantirish (o'rtacha) |
183 (4.36) |
1 (0.14) |
CHetlatish (o'rtacha) |
4 (0.1) |
1 |
Yirik g'alaba |
2 |
0 |
Irodali g'alaba |
3 |
3 |
Dubl |
6 |
1 |
Xet-trik |
1 |
47171 (6739) |
Tomoshabin (o'rtacha) |
263736 (6279) |
Fikrlar