So’nggi yangiliklar

14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  1 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  4 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  2 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  75 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  12 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  3

Oliy liga. 25-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 25-tur ramziy terma jamoasi

2 noyabr kuni oliy ligada 25-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Uchta uchrashuv maydon egalarining g'alabasi bilan yakun topgan bo'lsa, bitta bahsda mehmonlar zafar quchishdi, yani “Bunyodkor” safarda “Andijon”ni mag'lub etib qaytdi. Qolgan uchta o'yinda esa durang qayd etildi. Xususan Samarqand va Navoiydagi bellashuvlarda hisob ochilmagan bo'lsa, Muborakda kechgan voha derbisida 1:1 qayd etildi.  

Saytimiz odatiga ko'ra, 25-tur ramziy terma jamoasini keltirib o'tamiz. Mazkur tur ramziy termasidan “Mashal”, “Nasaf”, “Metallurg”, “Andijon”, “Dinamo”, “Qizilqum”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Buxoro”, “Paxtakor”, “Neftchi” futbolchilari o'rin olishdi. Ayrim sabablarga ko'ra, “So'g'diyona”, “Navbahor” va “Olmaliq”dan hech kim ramziy jamoaga kira olmadi.



DARVOZABON
Sanjar Quvvatov (“Mashal”)

Voha derbisida muborakliklar posboni Sanjar Quvvatov ancha yaxshi harakat qildi. Garchi u penaltidan to'p o'tkazib yuborgan bo'lsa-da, butun o'yin davomida o'z darvozasini yaxshi qo'riqladi. SHu bois Sanjarni 25-tur ramziy terma jamoasiga kiritdik.

HIMOYACHILAR
Odil Hamrobekov (“Nasaf”)
Hikmat Hoshimov (“Metallurg”)
Davron Tursunov (“Andijon”)
Firdavs Abdusalimov (“Dinamo”)



Voha derbisida shuningdek “Nasaf” futbolchisi Odil Hamrobekov ham ajralib turdi. Yoshlar terma jamoamiz azosi asosiy tarkibda maydonga tushib, o'z mahoratini namoyish eta oldi. Qolaversa, u murabbiyning ham ishonchini oqladi. “Metallurg” etakchisi Hikmat Hoshimov esa “Qizilqum” bilan kechgan uchrashuvda o'zini ko'rsatdi. “Bunyodkor”ga qarshi andijonliklardan Davron Tursunov ajralib turgan bo'lsa, “Dinamo”ning o'z maydonida bo'lib o'tgan bahsida Firdavs Abdusalimov yaxshi harakat qildi.  

YARIM HIMOYACHILAR
Samandar SHodmonov (“Qizilqum”)
Sardor Rashidov (“Bunyodkor”)
Ibrohim Rahimov (“Lokomotiv”)
Jamoliddin Ubaydullaev (“Buxoro”)



Yarim himoyachilardan Samandar SHodmonov ham bu turda yaxshi o'yin namoyish etdi. U bir necha bor raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Sekin-asta “Bunyodkor” etakchisiga aylanib borayotgan Sardor Rashidov navbatdagi turda gol urishga muvaffaq bo'ldi. “Lokomotiv”ning o'z maydonida bo'lib o'tgan o'yinida Ibrohim Rahimov yaxshi harakat qilgan bo'lsa, buxoroliklarning yosh futbolchisi Jamoliddin Ubaydullaev ham o'zini ko'rsata oldi.

HUJUMCHILAR
Igor Sergeev (“Paxtakor”)
SHerzod Hakimov (“Neftchi”)

Hujum chizig'iga esa Igor Sergeev bilan SHerzod Hakimovni munosib ko'rdik. “Paxtakor” hujumchisi ikkita gol urib jamoasiga navbatdagi g'alabani tortiq etgan bo'lsa, SHerzod Hakimov “Loko” darvozasini ajoyib tarzda ishg'ol qildi.



BOSH MURABBIY - Rustam  Mirsodiqov (“Metallurg”)
Uzoq o'ylanishlardan so'ng “Metallurg” bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqovni 25-tur ramziy terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida tanladik. Agar adashmayotgan bo'lsak, bu Rustam To'xtamurodovichning ilk marta ramziy terma jamoaga kiritilishi bo'ldi. To'g'ri, bungacha “Metallurg” singari boshqa klublar ham g'alaba qozonayotgandi, biroq “Metallurg”ning g'alabalari sensaciya emasdi. Bu turda esa bekobodliklar safarda “Qizilqum” bilan durang o'ynashdi. Mehmonlarning o'yini chiroyli chiqqani bois Rustam Mirsodiqov variantida to'xtaldik.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика