Oliy liga. 12-tur ramziy terma jamoasi
16 iyu 2014 18:41
Yangiliklar
Saytimiz odatiga ko'ra tur ramziy terma jamoasini berib o'tamiz. Bu safar 12-tur ramziy termasidan “Qizilqum”, “Neftchi”, “Paxtakor”, “Dinamo”, “Metallurg”, “Bunyodkor”, “Buxoro”, “Nasaf”, “Lokomotiv” futbolchilari o'rin olishdi. Ayrim sabablarga ko'ra, “Olmaliq”, “So'g'diyona”, “Andijon”, “Mashal” va “Navbahor” klublaridan hech kim kiritilmadi.
DARVOZABON
Artyom Makosin (“Qizilqum”)
Ramziy terma jamoa darvozasidan Artyom Makosin joy oldi. “Qizilqum” posboni safarda “Metallurg” bilan kechgan bahsda o'z darvozasini yaxshi qo'riqladi. Bekobodliklarning uyda g'alaba qozonishlariga yo'l qo'ymadi. Umuman olganda, Makosinni birinchi davra kashfiyotlaridan biri desak bo'ladi.
HIMOYACHILAR
Vyacheslav Ponomaryov (“Neftchi”)
Boyan Miladinovich (“Paxtakor”)
Asror Aliqulov (“Dinamo”)
Himoyadan uch nafar futbolchi joy oldi. Bular - Ponomaryov, Miladinovich va Aliqulov. Vyacheslav Ponomaryov Toshkentda “Bunyodkor” bilan kechgan bellashuvda yaxshi o'yin ko'rsatgandi. U Farg'onada “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuvda ham o'zini ko'rsata oldi, garchi jamoasi kichik hisobda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da.
“Paxtakor” etakchilaridan biri Boyan Miladinovich Jizzaxda “So'g'diyona” bilan kechgay o'yinda jarima to'pidan to'p kirita oldi. U ham oxirgi paytlarda bir tekis o'yin namoyish etmoqda. Oliy ligamizning tajribali himoyachilaridan biri Asror Aliqulov esa “Buxoro” bilan kechgan o'yinda o'zini ko'rsatdi. 20-daqiqada Akmal Xolmurodov qizil kartochka olib maydonni tark etganidan so'ng himoya nazorati to'laligicha Aliqulovda qoldi.
YARIM HIMOYACHILAR
Dilmurod Karimov (“Metallurg”)
Sardor Rashidov (“Bunyodkor”)
Predrag Vuyovich (“Buxoro”)
Artur Gevorkyan (“Nasaf”)
Jasur Hasanov (“Lokomotiv”)
Yarim himoyaga besh nafar futbolchi kiritildi. “Metallurg” yarim himoyachisi Dilmurod Karimov ketma-ket ikki turdan berib gol uryapti. U Toshkentda “Paxtakor” darvozasiga to'p kiritgandi, Bekobodda “Qizilqum” darvozasini ham aniq nishonga oldi. “Bunyodkor” vakili Sardor Rashidov esa “Andijon” darvozasiga juda chiroyli to'p kiritdi.
Edgar Gessning eski shogirdlaridan biri Predrag Vuyovich ham yaxshi o'yin namoyish etib kelmoqda. SHu bois uni ham ramziy termaga kiritdik. “Nasaf” sardori Artur Gevorkyanga kelsak, turkmanistonlik “sehrgar” “Mashal” darvozasini naqd uch bor ishg'ol qildi. SHuningdek, bu turda buxorolik Jasur Hasanov ham o'zini ko'rsatdi. Uning yagona goli “Lokomotiv”ga navbatdagi uch ochkoni taqdim etdi.
HUJUMCHILAR
Farrux SHotursunov (“Dinamo”)
Vladimir SHishelov (“Qizilqum”)
12-tur ramziy terma jamoasi hujum chizig'idan Farrux SHotursunov bilan Vladimir SHishelov joy oldi. CHunki har ikkalasining safarda urgan goli o'z jamoasiga bir ochko taqdim etdi.
BOSH MURABBIY
Vadim Abramov (“Lokomotiv”)
“Lokomotiv”ga Vadim Abramov tayinlanganidan beri jamoaning o'yini o'zgardi, tezkorlik oshdi. Futbolchilar harakatida mano ko'zga tashlana boshlandi. Umuman olganda, Abramov oliy ligada ketma-ket beshta o'yinni g'alaba bilan yakunladi. SHu bois bu mutaxassisni ramziy jamoaga bosh murabbiy sifatida maqul ko'rdik.

Fikrlar