Oliy liga. 11-tur ramziy terma jamoasi
07 iyu 2014 15:29
Yangiliklar
Oliy liga. 11-tur ramziy terma jamoasi
Malumki, saytimiz orqali oliy liganing har bir tur o'yinlari yakuniga etganidan so'ng tur ramziy terma jamoasini berib boryapmiz. Bugun 11-tur ramziy jamoasiga to'xtalamiz.
Saytimiz ijodkorlari bilan kelishgan holda ramziy termani tuzib chiqdik. Bu safar eng yaxshilar qatoridan “Neftchi”, “Paxtakor”, “Nasaf”, “Lokomotiv”, “So'g'diyona”, “Mashal”, “Qizilqum”, “Bunyodkor”, “Olmaliq” klublarida to'p tepayotgan futbolchilar o'rin oldi. Ayrim sabalarga ko'ra, “Navbahor”, “Andijon”, “Metallurg”, “Buxoro” va “Dinamo” jamoalaridan hech kim tur ramziy termasiga kiritilmadi.
DARVOZABON
G'ayrat Hasanov (“Neftchi”)
Bu safar turning eng yaxshi darvozaboni deb “Neftchi” posboni G'ayrat Hasanovni topdik. Toshkentda “Bunyodkor” bilan kechgan bahsda Hasanov o'z darvozasini yaxshi qo'riqladi. Jamoasini gol bo'ladigan uchta yaqqol vaziyatdan qutqarib qoldi. Qolaversa, o'zini jamoa etakchisi sifatida ham ko'rsata oldi.
HIMOYACHILAR
Aleksandr Merzlyakov (“Paxtakor”)
Hamza Karimov (“Nasaf”)
Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”)
Bu turda uch nafar himoyachi boshqalarga nisbatan ajralib turdi. Bular - Aleksandr Merzlyakov, Hamza Karimov va Islom To'xtaxo'jaev. Merzlyakov “Metallurg” bilan kechgan bahsda ham gol urdi, ham golli uzatmani amalga oshirdi. Hamza Karimov safarda “Qizilqum”ga qarshi uchrashuvda gol urgan Igor Taranga to'pni etkazib berdi. Qolaversa, o'zi ham bir necha bor hujumlarga qo'shildi. Bu turda “Loko” etakchilaridan biri Islom To'xtaxo'jaev ham to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.
YARIM HIMOYACHILAR
Sardor Eminov (“So'g'diyona”)
Mirzohid G'ofurov (“Mashal”)
Farrux Haydarov (“Qizilqum”)
Dilshod Jo'raev (“Bunyodkor”)
Aleksandr Alimpievich (“Olmaliq”)
11-tur ramziy termasidan besh nafar yarim himoyachi joy oldi. Sardor Eminov “Andijon” darvozasiga ikkita to'p kiritgan bo'lsa, Mirzohid G'ofurov Muborakdagi bellashuvda ajralib turdi. U chap qanotda faol o'yin ko'rsatdi. Ravshan Haydarov kashf qilgan o'yinchilardan biri Farrux Haydarov “Qizilqum” - “Nasaf” bellashuvida chiroyli o'yin ko'rsatdi.
“Bunyodkor”ning tayanch yarim himoyachisi Dilshod Jo'raev ham bu turda yaxshi harakat qilgan. U avvalgi o'yinlarda ko'pincha raqiblarga qo'pollik ishlatish bilan ajralib turardi. Ammo “Neftchi” bilan kechgan uchrashuvda “toza” o'ynashga harakat qildi. Raqib darvozasi tomon ikki-uch marta zarba ham berdi. “Olmaliq”ning universal futbolchilaridlan biri Aleksandr Alimpievich esa bu turda ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. Va uning gollari jamoaga navbatdagi uch ochkoni taqdim etdi.
HUJUMCHILAR
Zohir Qo'ziboev (“Mashal”)
Ro'zimboy Ahmedov (“Neftchi”)
Hujum chizig'idan Zohir Qo'ziboev bilan Ro'zimboy Ahmedov o'rin oldi. Va nihoyat 11-turga kelib “Mashal” uydagi ilk g'alabasini nishonladi. “Navbahor”ga qarshi bellashuvda hisobni ochish Zohir Qo'ziboevga nasib etdi. SHu paytgacha faoliyatini birinchi ligada o'tkazgan Qo'ziboev sekin-asta oliy ligada ham o'zini ko'rsata olyapti. Bu gol Zohirning oliy ligadagi beshinchi goli bo'ldi.
O'tgan turda gol urgan Ruzimboy Ahmedov bu safar to'p kirita olmagan bo'lsa-da, “Bunyodkor” bilan kechgan bahsda yaxshi o'yin ko'rsatdi. U hujumda bir o'zi harakat bo'lishiga qaramay, “Bunyodkor” himoyachilariga etarlicha tashvish keltira oldi. Qolaversa, so'nggi daqiqalarda “Neftchi” tomonidan urilgan golda ham Ro'zimboy ishtirok etdi.
BOSH MURABBIY
Murod Ismoilov (“Neftchi”)
Ramziy terma jamoaga bosh murabbiy etib “Neftchi” ustozi Murod Ismoilovni tanladik. Yaxshi bilasiz, Toshkentda “Bunyodkor”dan ochko olishni har kim ham uddalay olmaydi. Ammo “Neftchi” bir ochko olishni uddaladi. Albatta, qo'lga kiritilgan durangda Murod Ismoilovning ham hissasi katta. Murod Muzaffarovich boshchiligidagi jamoa ushbu mavsum yomon o'yin namoyish etmayapti. Faqat natijalar borasida biroz oqsayapti, xolos. O'ylaymizki, “Neftchi” o'zini to'liq tiklab olishi uchun hali biroz vaqt kerak bo'ladi.

Fikrlar