So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Olib-sotar klub yoxud "Monako"ning eng daromadgir kelishuvlari Yangiliklar

Olib-sotar klub yoxud "Monako"ning eng daromadgir kelishuvlari

Franciyaning "Monako" klubi shonli tarixga ega. U nafaqat yashil maydondagi natijalari, shuningdek, transfer bozoridagi oldi-sotdi ishlari bo'yicha ham ancha tajribali ekani hech kimga sir emas.

Monegasklar muntazam ravishda o'ta manfaatli transferlarni amalga oshirib kelishadi. Quyida jamoaga katta daromad keltirgan transferlar haqida malumot beramiz. 

Bernardu Silva

Qaysi jamoaga va qanchaga sotilgan: "Manchester Siti" (50 million evro)

Portugaliyalik futbolchi "Monako" safida 3 yil davomida to'p tepdi. Aslida franciyaliklar Silvani avvaliga "Benfika"dan ijaraga olib, mavsumning yarmida 15,75 million evro evaziga sotib olishgan. Klub oradan hech qancha o'tmasdan, Bernardu transferidan yaxshigina daromad qilgan. 2017 yilning iyulida u 50 million evro evaziga "Manchester Siti"ga o'tadi. Silva klubga mo'may daromad keltirishdan tashqari, 147 ta uchrashuvda maydonga tushib, knyazlizliklarga muvaffaqiyat olib kelgan.

Benjamen Mendi

Qaysi jamoaga va qanchaga sotilgan: "Manchester Siti" (57,5 million evro)

"Manchester Siti" Silva ortidan Mendi transferini ham hal qiladi. Farqli tomoni shundaki, "shaharliklar" Benjamenni sotib olish uchun 57 mln evrodan ko'proq mablag' sarflashadi. Vaholanki, "Monako" Mendi transferi uchun 2016 yilda 13 million evro sarflagan va bir yildan keyin ancha ko'p daromad qilgan. Afsuski, "Manchester Siti" bu qimmatbaho futbolchisidan to'liq foydalana olmadi. U qonunga xilof ishlari sababli 1 yildan beri jamoasiga yordam bera olmayapti.

Antoni Marsyal

Qaysi jamoaga va qanchaga sotilgan: "Manchester Yunayted" (60 million evro)

Bu futbolchi transferi ancha manfaatli hisoblanadi. Monegasklar 2013 yilning yozida Marsyalni "Lion" yoshlar jamoasidan atigi 5 million evro evaziga sotib oladi. Oradan 2 yil o'tib esa uning transferidan mo'may daromad qiladi. 

Biroq "Manchester Yunayted" Antonidan samarali foydalana olmadi. "Old Trafford"da undan ko'p narsa kutishgandi. Afsuski, qahramonimiz o'z darajasida o'ynay olmadi. Erik ten Xag kelib, unga yana bir bor ishonch bildirdi. Agar bu gal ham samara chiqmasa, franciyalik futbolchi "qizil iblislar"ni butunlay tark etishiga to'g'ri keladi. 

Toma Lemar

Qaysi jamoaga va qanchaga sotilgan: "Atletiko" (72 million evro)

Diqqat qiling, Lemar 2015 yilda 4 million evro evaziga "Kan" klubidan "Monako" safiga kelib qo'shiladi. Oradan 3 yil o'tib knyazliklar Lemar transferidan 72 mln evro daromad topadi. Futbolchi "Monako"da ajoyib o'yin ko'rsatish orqali o'ziga bo'lgan qiziquvchi jamoalar sonini oshiradi. Jumladan, "Atletiko" ham o'ylab o'tirmasdan uning transferiga katta mablag' ajratadi. Biroq u madridliklar safida o'z darajasida o'ynay olmayapti. "Matraschilar" Toma bilan yangi shartnoma imzolash va uning ochilib ketish onlarini kutishayotganini malum qilishgan. 

Xames Rodriges

Qaysi jamoaga va qanchaga sotilgan: "Real" (75 million evro)

Kolumbiyalik xavbek 2013 yilning yozida "Portu"dan "Monako"ga o'tadi. O'shanda franciyaliklar uning transferiga 45 mln evro sarflaydi. Oradan bir yil o'tib "Real" klubi Xames transferini elon qiladi. Bunga qaysidir manoda futbolchining Jahon chempionatida ko'rsatgan o'yinlari ham sabab bo'ladi. "Real" futbolchi xaridiga 75 mln evroni ayamaydi. Xames "qirollik klubi"dagi ilk mavsumida 13 ta gol uradi va shuncha assistni o'z hisobiga yozib qo'yadi. Keyinchalik u o'z darajasida o'ynamay qo'ydi va omadsizlikar girdobiga tushib qoldi. Ayni vaqtda esa faoliyatini Qatar chempionatida davom ettirmoqda. 

Orelen CHuameni

Qaysi jamoaga va qanchaga sotilgan: "Real" (80 million evro)

Franciya klubining oxirgi eng yaxshi kelishuvlaridan biri sifatida CHuamenini aytish mumkin. 2020 yilning yanvarida "Monako" tayanch yarim himoyachisini 18 mln evro evaziga "Bordo" klubidan xarid qiladi. 2022 yilning yozida esa "Real" Orelen transferini 80 mln evro evaziga sotib oladi. "Real" yosh futbolchi uchun bejiz buncha mablag' sarflamadi. Uning kelajagi porloq o'yinchi ekani aytilmoqda. SHu sababli ham madridliklar futbolchini xarid qilishdi. Qolaversa, 20 mln bonus ham vada qilingan. 

Kilian Mbappe

Qaysi jamoaga va qanchaga sotilgan: PSJ (180 million evro)

"Monako" klubi  tarixidagi rekord transfer aynan Mbappe bilan bog'liq deyish mumkin. "Monako" akademiyasidan ko'tarilib, darhol asosiy jamoada o'ynab ketgan qahramonimiz PSJda dastlab ijara asosida o'ynadi, keyinchalik uning transferi butunlay sotib olindi. Ayni vaqtda Kilian transferiga ko'z tikkan jamoalar soni talaygina. 

Darvoqe, Mbappe transferi parijliklar uchun 2-o'rindagi kelishuvdir. Birinchi o'rinda so'zsiz Neymar bo'lib, PSJ uning xaridi uchun 222 mln evro sarflagandi. 

Samandarbek tarjimasi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика