So’nggi yangiliklar

18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  0 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  2 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  22 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  55 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  2 16:15МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Кападзенинг шартномасини билмайман, аммо мураббийлар штабининг шартномаси ЖЧ-2026 якунига қадар амал қилади"  5 15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  24 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  14 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  2 14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  2 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3

Oleksandr Pishur: Hammasi o'zingiz o'ylagandek bo'lmas ekan Yangiliklar

Oleksandr Pishur: Hammasi o'zingiz o'ylagandek bo'lmas ekan

2016 yilgi futbol mavsumining dastlabki qismini Navbahorda o'tkazib, hozirda Jambulning Taraz jamoasida to'p surayotgan ukrainalik Aleksandr Pishur bilan suhbat qurdik.

- Namangandagi faoliyatingiz juda qisqa bo'ldi...
- To'g'risi, hech bo'lmaganda mavsum oxirigacha to'p surish uchun O'zbekistonga qaytgandim. Navbahorni tark etgan bo'lsamda, u erda ajoyib xotiralarim qoldi. Tarkibimiz chakki emas edi. Ming afsuski, doim ham siz istagandek bo'lavermas ekan. Jamoamiz yangiligi uchun kerakli ochkolarni qo'lga kirita olmagan bo'lishimiz mumkin. O'sha tarkib bilan yuqori o'rinlar uchun kurashish mumkin edi. Ammo asta-sekin barchasi iziga tushayotganda...

- Navbahor tanaffusga 13-o'rin bilan chiqib ketdi.

- Yuqorida aytib o'tganimdek, Namanganda tarkib qaytadan tuzilgandi. Barchaga malumki, yangi jamoa bilan darrov natijaga erishib bo'lmaydi. Bir muncha vaqt talab etiladi. Balki talabchan muxlislarning bosimiga dosh berolmagandirmiz? Ikkinchi davrani jamoa yomon boshlagan bo'lsada, o'z maydonida ikki bor g'alaba qozonibdi. Albatta, Navbahorga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman.

- Yana Tarazga qaytdingiz. Sizni yana iliq kutib olishdimi?

- To'g'risi, Navbahorga o'tayotganimda bu erdagilar menga qarshilik ham qilishgandi. SHunga qaramay, qozoqlar meni jamoada yaxshi kutib olishdi.

- Navbahorda 5 ta gol kiritgandingiz. Jambulda esa 3 ta o'yinda maydonga tushdingiz, gol esa yo'q.

- Asosan zaxiradan maydonga tushyapman. Murabbiylar ko'proq senegallik Malik Manega ishonch bildirmoqda. Bugun (21 avgust) Atirauga qarshi o'yinda gol kiritishga harakat qilaman.

- Namangandagi faoliyatingiz davomida esingizda qolgan qiziqarli voqea?

- Namanganda havo issiq bo'lardi. Klub bazasidagi xonamizda kondicioner yo'q edi. Ko'pincha sheriklarim bilan bozordan gilos va shunga o'xshash mevalar olib, tashqarida osmonga qarab tanovvul qilib oyoq cho'zardik (kuladi). Bunyodkorda esa o'yindan oldin jamoadoshlarimdan biri butsamni ichiga hazillashib suv quygan edi. Qizig'i, o'sha kungi uchrashuvda dublga erishgandim.

- Tarazdagi faoliyatingizga omadlar tilab qolamiz!

- Katta rahmat. Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlaringizni O'zbekiston Mustaqilligini 25 yilligi bilan chin dildan tabriklayman. Namanganlik muxlislarga esa mening nomimdan alangali salom yo'llab qo'ying!


Obid RUSTAMOV suhbatlashdi

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика