Okazaki ispan klubi bilan hamkorlikni davom ettiradi
25 iyu 2020 22:41
Yangiliklar
Okazaki ispan klubi bilan hamkorlikni davom ettiradi
Yaponiyalik hujumchi SHinji Okazaki "Ueska" bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qildi.
34 yoshli futbolchi va ispan jamoasi o'rtasida tuzilgan yangi kelishuv 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Okazaki "Ueska" tarkibiga 2019 yilning dekabr oyida kelib qo'shilgandi.
Fikrlar