Kagava Yaponiyaga qaytdi
01 fev 2023 15:34
Yangiliklar
Kagava Yaponiyaga qaytdi
Yarim himoyachi SHinji Kagava "Sent-Tryuyden"dan o'z faoliyatini boshlagan jamoasi "Serezo Osaka"ga o'tdi.
U ushbu mavsum Belgiya klubida 12 ta bahsda ishtirok etib, 2 ta gol urdi.
33 yoshli xavbek "Serezo Osaka" safida 127 ta o'yinda harakat qilib, 57 ta to'p kiritgan hamda 17 ta golga pas uzatgan. U jamoada 2006 yildan 2010 yilga o'ynagan.
Kagava Yaponiya termasi tarkibida 97 ta o'yin o'tkazib, 31 ta gol urishni uddalagan.
Fikrlar