So’nggi yangiliklar

13:25"Рома" Санчонинг молиявий талабларини қондира олмайди  0 12:45Гвардиола Эдерсон билан боғлиқ вазият ҳақида: "Агар футболчи кетишни истаса, у кетиши керак"  0 12:18ОЧЛ-2. "Андижон"нинг гуруҳдаги рақиблари ҳамда мураббий ва футболчиларнинг қуръага муносабати  5 11:55"Арсенал" бразилиялик футболчига қизиқиб қолди  0 11:28Родригонинг "Реал"дан "Манчестер Сити"га эҳтимолий ўтиш тафсилотлари маълум бўлди  2 10:48Превью. 8 йиллик танаффусдан сўнг "Бунёдкор" "Бухоро"ни ўз уйида мағлуб эта оладими?  5 10:20Превью. Ўтган тур мағлуб бўлган "Андижон" ва "Машъал" ўзаро баҳс олиб боради  2 09:53Флик йирик ғалабадан сўнг футболчиларини танқдид қилди  7 09:25Превью. Сўнгги турда ғалаба қозонган "Қўқон-1912" ва "Сурхон" баҳсида устунлик ким томонда?  0 08:58Гвардиола таркибдан норози эканлигини маълум қилди  10 08:40Ўртоқлик ўйинлари. "Интер" ва "Ювентус" ғалаба қозонди, "Рома" эса Саудия клуби билан дуранг ўйнади  1 08:27Sofascore. "Нол"га ўйнаган Алиқулов ва Ҳусанов, гол урган Ғаниев кечаги учрашувларда неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:56Суперлига. Бугун яна 3 та учрашув бор  2 07:25МЛС. "Интер Майами" "Лос-Анжелес Гэлакси"ни мағлуб этди, Месси захирадан тушиб, гол ва ассист қайд этди  6 06:55Суперлига. "Навбаҳор" дербида ютқазди, "Насаф" ва "Динамо" эса ўз майдонларида ғалаба қозонишди  3

Tarixda shu kun. "Bunyodkor" - "Gamba Osaka" 3:2. Sharqda uchgan "qaldirg'och" Yangiliklar

Tarixda shu kun. "Bunyodkor" - "Gamba Osaka" 3:2. Sharqda uchgan "qaldirg'och"

Bugungi kunda o'zbek klublari xalqaro maydonda G'arb mintaqasida arab jamoalari bilan kuch sinashadi.

O'z vaqtida "Bunyodkor" ikki mavsum OCHLni Sharq mintaqasida o'tkazgan va Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Avstraliya jamoalari to'sig'idan muvaffaqiyatli o'ta olgan. Qaysidir manoda "qaldirg'ochlar" Sharqda ajoyib parvozni amalga oshira olgan. Bundan 13 yil oldin xuddi shu kunda "Bunyodkor" "Jar" stadionida Yaponiyaning "Gamba Osaka" jamoasini qabul qilgan. Quyida ushbu uchrashuvni yodga olamiz. 

Toshkent klubi "E" guruhida "Adelaida Yunayted". "Poxang Stilers", "Gamba Osaka" bilan kvartet hosil qilgandi. Guruh bosqichining dastlabki davrasidan so'ng "Bunyodkor" hisobida faqat 3 ochko bor edi. Uyda "Adelaida Yunayted"dan mag'lubiyat qabul qilingan, safarda "Poxang Stilers" taslim qilingan bo'lsa, "Gamba Osaka" o'z maydonida hech qanday imkoniyat qoldirmagan. Ikkinchi davraning ilk o'yini "Gamba Osaka"ga qarshi bo'lgan edi. 3 ochko guruhdan chiqish uchun etarli emas, bor kuch tashlanishi kutilgandi.

Dastlab 14 daqiqada Kamoliddin Murzoev boshi bilan hisobni ochadi, oradan 4 daqiqa o'tgach Shu Kurata hisobni tenglashtiradi. Jamoalar tanaffusga chiqib ketar chog'ida Lutfulla To'raev ikkinchi qavatda ustun kelib tablodagi hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirgan. Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan Anvar Soliev birga-bir vaziyatda raqib darvozasini osonlikcha ishg'ol qiladi. Raqib safidan Xirouki Abe hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda oradagi farqni qisqartiradi. 

Guruhdan ikkinchi o'rin bilan chiqqan "Bunyodkor" 1/8 finalda "Seongnam Ilva Chunma"ni 1:0 hisobida mag'lub etadi va chorak finalda o'zi bilan bitta guruhda o'ynagan "Adelaida Yunayted"ni musobaqadan chiqarib yuboradi. "Jar" stadionida kechgan bu bahsni ko'pchilik yaxshi eslasa kerak. Zaxiradan maydonga tushgan Alibobo Rahmatullaevga Qosimovning aytgan gaplari hamda Aliboboning 114-daqiqada urgan g'alaba goli. 

Lekin yarim finalda jamoadan omad yuz o'giradi va "Bunyodkor" Janubiy Koreyaning "Ulsan Xyunday" klubiga har ikkala o'yinda yutqazib qo'yadi. Toshkentda 1:3, safarda 0:2. O'shanda koreyalik hujumchi Kim Shin Vuk ikkala uchrashuvda ham "qaldirg'ochlar" darvozasiga to'p kiritgandi. Ammo hozir mag'rurlik bilan ayta olamizki, "Bunyodkor" o'sha yil chinakam sensaciya ko'rsatgandi. Chunki musobaqa boshlanmasidan oldin xavotir yo'q emasdi, axir Sharqda o'ynab jamoa boshqalarga "em" bo'lishi ham mumkin edi-da. Ammo Mirjalol Qosimovning taktik o'yini tufayli "Bunyodkor" o'z so'zini ayta olgan. 

"Bunyodkor" OFK talabiga ko'ra Sharqqa qo'yilgani bilan kuchlilar orasida yo'qolib qolmagan. Jamoa chindan ham kuchli edi. Eng muhimi, Mirjalol Qosimov mehnatkash jamoani barpo eta olgandi. To'g'ri, bu paytga kelib tarkib super emasdi. Har holda Rivaldo jamoani tark etgan, shuningdek nomi chiqqan boshqa legionerlar ham xayrlashishga ulgurgandi. Jamoani elkasida ko'tarib yurish o'zimizning futbolchilar gardanida qolgandi. Avstraliyalik Devid Karney ko'p o'ynamagandi ham.


OCHL-2012. Guruh bosqichi.

Toshkent. "Jar" stadioni, 4000 tomoshabin 

"Bunyodkor" - "Gamba Osaka" 3:2

Hakam: Halil Al Gamdi (Saudiya Arabistoni)

Gollar: Kamoliddin Murzoev 14, Lutfulla To'raev 42, Anvarjon Soliev 84 - Shu Kurata 18, Xirouki Abe 90+3

"Bunyodkor": 1. Ignatiy Nesterov, 11. Emil Kenjisariev, 3. Xayrulla Karimov, 16. Artyom Filiposyan, 8. Javlon Ibrohimov, 13. Lutfulla To'raev, 10. Shavkat Salomov, 33. Yan Kozak (20. Anvarjon Soliev,80) 22. Viktor Karpenko (28. Ruslan Melziddinov,28) 17. Kamoliddin Murzoev (9. Anvar Rajabov, 58)

Zaxira: 45. Akbar To'raev, 2. Akmal Shorahmedov, 7. David Karney, 24. Bahodir Pardaev

Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov


Suratlar "Bunyodkor" klubi rasmiy saytidan olindi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика