44 yoshli Osiyo kubogi g'olibi mavsum so'ngida futbolchilik faoliyatini yakunlaydi
27 sen 2023 19:28
Yangiliklar
44 yoshli Osiyo kubogi g'olibi mavsum so'ngida futbolchilik faoliyatini yakunlaydi
"Konsadole Sappore" futbolchisi bugun 1998 yil boshlagan karerasini tugatishi haqida elon qildi.
"Ilk marotaba futbolni o'zim uchun kashf etganimdan beri 39 yil davomida menga hamrohlik qilgan oyoqlarimga dam berish fursati etdi, shu bois ushbu mavsum oxirida futbol o'ynashni to'xtatishga qaror qildim.
Mavsum yakunlanishiga hali vaqt bor, lekin imkon qadar o'yinlarda ishtirok etishim uchun yaxshi tayyorgarlik ko'rishda davom etaman. Meni shu paytgacha qo'llab-quvvatlaganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman", dedi Ono.
Ono professional faoliyatini 1998 yil "Urava Red Daymonds" jamoasida boshlagan va o'sha yili milliy terma jamoa tarkibida jahon chempionatida maydonga tushgan.
Ono terma jamoa tarkibida 56 o'yin o'tkazgan va 2000 yilgi Osiyo kubogida zafar quchgan. 2002 yil esa Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Fikrlar