"Lester ertagi"ning qahramoni, O'zbekiston terma jamoasiga 3 ta gol urgan futbolchi hozir qaerda?
04 iyu 2021 14:36
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/640666_original.jpg)
![](/upload/storage/640666_220.jpg)
"Lester ertagi"ning qahramoni, O'zbekiston terma jamoasiga 3 ta gol urgan futbolchi hozir qaerda?
APLning 2015-16 yilgi mavsumida Klaudio Raneri boshchiligida mo'jiza yaratgan "Lester Siti" tarkibida 1 nafar yaponiyalik futbolchi bor edi.
Bu mavsum davomida 36 uchrashuvda maydonga tushgan va 7 golda ishtirok etgan SHinji Okazakidir. Mazkur futbolchi 2015-2019 yillarda "tulkilar" sharafini himoya qildi.
1986 yilda tug'ilgan "ko'k samuray" O'zbekiston terma jamoasiga ham begona emas. U milliy jamoamizga qarshi bir necha o'yinda maydonga tushib, 3 bor "oq bo'rilar" darvozasini ishg'ol qilishga erishgan.
2019 yilda APLni tark etgan forvard ispan diyoriga ko'chib o'tdi. U La Liganing yakuniga etgan mavsumda "Ueska" tarkibida 25 uchrashuvda maydonga tushib, 1 tadan gol va samarali uzatmaga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar