"Lester ertagi"ning qahramoni, O'zbekiston terma jamoasiga 3 ta gol urgan futbolchi hozir qayerda?

4 iyun 2021, 14:36
APLning 2015-16 yilgi mavsumida Klaudio Raneri boshchiligida mo'jiza yaratgan "Lester Siti" tarkibida 1 nafar yaponiyalik futbolchi bor edi.

Bu mavsum davomida 36 uchrashuvda maydonga tushgan va 7 golda ishtirok etgan Shinji Okazakidir. Mazkur futbolchi 2015-2019 yillarda "tulkilar" sharafini himoya qildi. 

1986 yilda tug'ilgan "ko'k samuray" O'zbekiston terma jamoasiga ham begona emas. U milliy jamoamizga qarshi bir necha o'yinda maydonga tushib, 3 bor "oq bo'rilar" darvozasini ishg'ol qilishga erishgan.


2019 yilda APLni tark etgan forvard ispan diyoriga ko'chib o'tdi. U La Liganing yakuniga etgan mavsumda "Ueska" tarkibida 25 uchrashuvda maydonga tushib, 1 tadan gol va samarali uzatmaga mualliflik qildi.

"Golden Boy-2009" - Patino hozir qayerda?

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia