So’nggi yangiliklar

19:11"Mirabror Usmanov Cup-2024". Финал учун Ўзбекистон таркиби маълум  0 19:05Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:1 (матнли трансляция)  189 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  1 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  44 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  21 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  7

OK-2023 saralash bosqichi. O'zbekiston SHri-Lanka darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritdi Yangiliklar

OK-2023 saralash bosqichi. O'zbekiston SHri-Lanka darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritdi

Osiyo Kubogi saralash bosqichining 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston - SHri-Lanka uchrashuvi yakunlandi.

O'zbekiston — SHri-Lanka 3:0

Gollar: 1:0 — 36, Masharipov, 2:0 — 47, Hamdamov, 3:0 — 61, Sayfiev.

Hakamlar: Zoriq Munir al Katiri (Indoneziya), Nurhodi (Indoneziya), Muhammad Said al G'azali (Ummon), Xolid Marhun Sulaymon al SHaqsi (Ummon)

O'zbekiston: 12.O'tkir Yusupov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Farruh Sayfiev, 5.Rustam Ashurmatov, 18. Abdulla Abdullaev (23.Husniddin Aliqulov, 86), 7. Otabek SHukurov, 9. Odil Hamrobekov (6.Sardor Sobirxo'jaev, 86), 10. Jaloliddin Masharipov (22.Oybek Bozorov, 74), 17.Doston Hamdamov (19.Azizbek Turg'unboev, 74), 20. Azizbek Amonov (21.Igol Sergeev, 63), 14. Eldor SHomurodov

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 2.Umarbek Eshmurodov, 8.Dilshod Saitov, 11.SHerzod Temirov, 13.Islomjon Qobilov, 15.Oston O'runov, 16.Valijon Rahimov

Bosh murabbiy: Srechko Katanec (Sloveniya)

SHri-Lanka: 1.Sujan Perera, 3.Harsha, 4.CHalana CHamira, 6.Raznayake, 7. Akib, 8.Asikur Rahuman, 10.Dillon Senan (15.Nizarshan, 69), 12.Muhammad SHabir, 13.Jesuzasan, 16.Hettige Don, 23.Dilhara

Zaxira: 20.Prabaz Ruvan Arunasiri, 22.Lakpriya Fernando, 2.Madushan, 5.Kajakopan, 9.Muhammad SHifan Nazir, 11.SHenal Sandesh, 14.Muhammad Naizir Fasal, 17.Jude Supan, 18.Abdul Basiz, 19.Afil Muhammad Navshad, 21. Aman

Bosh murabbiy: Hassan Rumi (SHri-Lanka)

Ogohlantirish: Sujan Perera (45+1), 


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogidagi ishtirokini yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi.

90+1. SHomurodov gol kiritishni istamoqda, uning navbatdagi zarbasi raqib himoyachisiga tegib qaytdi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

87. O'zgarishlar: Sardor Sobirxo'jaev Odil Hamrobekov o'rniga, Abdulla Abdullaev o'rniga Husniddin Aliqulov maydonga tushirildi

85. SHomurodov raqib futbolchisi bilan janjallashib ketdi. Hakam ularni tinchlantirdi.

82. Sergeev Sayfievning uzatmasini darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi.

78. Harsha jarohat oldi, unga ancha vaqt tibbiy yordam ko'rsatildi.

Bugungi bahsni 12400 nafar muxlis tomosha qilmoqda.

74. O'zgarishlar: Oybek Bozorov va Azizbek Turg'unboev maydonga tushmoqda, ular Jaloliddin Masharipov hamda Doston Hamdomovni almashtirdi.

71. Hamdamovning uzatmasidan so'ng Sergeev bosh bilan zarba yo'lladi, aniqlik borasida yana oqsadik.

68. O'zgarish: Dillon Senan o'rniga Nizarshan maydonga tushirildi.

66. SHomurodov bosh bilan darvozani nishonga olib ko'rdi, to'p yuqorilab ketdi.

64. SHomurodovning uzatmasini Hamdamovga golga aylantirolmadi.

63. O'zgarish: Amonov o'rniga Sergeev maydonga tushirildi.

61. GOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Ketma-ket zarbalar, darvoza to'sinidan so'ng Sayfiev kuchli zarba bilan darvoza to'riga to'pni "mixladi". Debyut goli Sayfievning. 


58. Masharipovning yana bir zarbasini mehmonlarning ikki-uch himoyachisi birgalikda qaytardi.

55. ZARBA! Masharipov uzoq masofadan kuchli zarba yo'lladi, to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

52 ZARBA! SHukurovning chap oyoqda yo'llagan zarbasini raqib posboni qaytardi.

47. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Hamdamov ham jarima zarbasidan raqib darvozasini ishg'ol qildi!


46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Muxlislar jamoamizni qizg'in qo'llab-quvvatlamoqda.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+3. Masharipovga nisbatan qo'pollik ishlatildi, jarima zarbasini SHri-Lanka himoyachilari amallab qaytarib yuborishdi.

45+2. ZARBA! Alijonovning o'ng oyoqda darvozabon uchun noqulay tarzda yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

45. ZARBA! Burchakdan uzatilgan to'pdan so'ng Ashurmatovning bosh bilan yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

43. Hamdamov SHomurodovni birga-bir vaziyatga chiqarmoqchi edi, raqib himoyachisi buni payqadi.

41. Jamoalarga suv ichib olishga ruxsat berildi.

39. Yana bir hujum tashkil etildi. CHap qanotdan oshirilgan to'pini raqib posboni quchoqlab oldi.

36. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!! Masharipov jarima zarbasini golga aylantirdi!!! Bu gol Jaloliddinning yangi tug'ilgan farzandiga bag'ishlanadi.


35. O'z jarima maydoni yaqinida mehmonlar o'yinchisi qo'l bilan o'ynadi.

34. SHomurodov raqib jarima maydonida yiqitildi, hakam penaltiga asos yo'q deb topdi.

33. UX!!! SHomurodovning bosh bilan yo'llagan zarbasini darvozabon uchib qaytardi, golli imkoniyat edi.

30.Masharipov chap qanotdan uzatma amalga oshirdi, raqib himoyachisi ko'kragi bilan to'pni qaytarib yubordi.

28. O'zbekistonliklardan yana bir hujum, himoyachilar xavfni qiyinchilik bilan bartaraf etishdi.

25. Yana zarba! Bu safar Amonov mo'ljalni aniq ola bilmadi.

23. ZARBA! SHukurovning uzatmasidan so'ng Sayfiev bosh bilan zarba yo'lladi, yana raqib posboni qutqaruvchi rolida

21. Raqib darvozaboniga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

19. SHomurodov-Masharipov kombinaciyasini raqiblar bartaraf etishdi.

16. SHomurodov jarima maydonida zarba yo'lladi, to'p qaytarildi. 

12. Mehmonlar futbolchisi Jesuzasanga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Futbolchi tibbiy yordamga muhtoj.

10. ZARBA! Amonovning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi.

9. SHomurodov yana o'z omadini sinab ko'rdi, himoyachilar to'pni qaytardi.

7. Hamdamovning uzatmasidan so'ng SHomurodov va Masharipov bir-biriga xalaqit qilib qolishdi.

3. Amonovning chap oyoqdagi zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.

2. Burchak zarbasini mehmonlar qaytardi, keyingi hujumda Hamdamov to'pga etolmadi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Bugun O'zbekiston terma jamoasi oq, SHri-Lanka futbolchilari ko'k rangli libosda harakat qilishadi.


Namangandagi markaziy maydon asta-sekin tomoshabinlar bilan to'lmoqda. 

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Osiyo Kubogi hal qiluvchi saralash bosqichining 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston — SHri-Lanka uchrashuvi boshlanish arafasida turibdi.

Reyting: -80   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика