OK-2023. 2-turning eng yaxshi murabbiyi - yaponlarni taslim etgan Xesus Kasas Garsiya
22 jan 2024 15:21
Yangiliklar
OK-2023. 2-turning eng yaxshi murabbiyi - yaponlarni taslim etgan Xesus Kasas Garsiya
"Championat.asia" sayti ijodkorlari 2-turning eng yaxshilari va ramziy terma jamoasini tuzib chiqishdi. Demak, birin-ketin eng yaxshilarni elon qilishda davom etamiz.
Iraq Ayman Hussein - 5', Ayman Hussein - 45' |
Asian Cup Grp. D . 2-tur 19/01/2024, 16:30 1
:
2
Tugadi
|
Japan Wataru Endo - 90' |
Stadion: Education City Stadium, 38663 tomoshabin
Saytimiz ijodkorlari tomonidan Iroq terma jamoasi ustozi Xesus Kasas Garsiya ikkinchi turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Iroq bu turda musobaqa favoritlaridan biri Yaponiyani 2:1 hisobida taslim etdi. O'yin bo'yicha ham iroqliklar yaponlarga tengma-teng qarshilik ko'rsatishdi, Garsiya shogirdlari maydonda har bir to'p uchun oxirigacha kurashishdi va o'z vaziyatlarini golga aylantirib ketishdi. Iroq "D" guruhida 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Jamoa ispaniyalik mutaxassis qo'lostida juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda.
Osiyo Kubogi-2023 guruhlardagi holat >>>>> OK-2023
Fikrlar