So’nggi yangiliklar

02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  4 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  23 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  2 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  34 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  101 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1027 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  17 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  11 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  11 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  21 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  5 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  10

OK-2015 saralashi. O'zbekiston - BAA 1:1 Yangiliklar

OK-2015 saralashi. O'zbekiston - BAA 1:1

OK-2015 saralashi doirasidagi O'zbekiston - BAA uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O'zbekiston - BAA 1:1
5 mart 2014. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 17:00
Hakamlar:
Kim Sang Vu, Kvang Yeol, Kang Do Jun, Kim Xi Gon (J.Koreya)
Gollar: Ismoil Al Hammadi, 65 - 0:1. Igor Sergeev, 85 - 1:1. 
O'zbekiston: 21.Eldorbek Suyunov, 3.SHavkat Mullajonov, 19.Vitaliy Denisov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 9.Odil Ahmedov, 6.Jasur Hasanov (16.Sardor Rashidov, 64), 7.Aziz Haydarov, 17.Sanjar Tursunov (14.Jamshid Iskanderov, 64), 8.Server Jeparov 10.Igor Sergeev, 15.Vohid SHodiev (22.Ivan Nagaev, 76).

BAA:
1.Ali Hasif, 3.Volid Abbos, 4.Habib Al Fardan (5.Amir Abdulrahmon, 63), 7.Ali Mabxut, 8.Hamdan Al Kamoli, 11.Ahmad Halil (10.Salim Solih, ), 13.Hamis Ismoil, 14.Muhammad Abdulaziz, 16.Ahmad Hamis (15.Ismoil Al Hammadi, 46), 17.Majid Hassan, 19.Ismoil Ahmad.

                                          Matnli translyaciya
                                                 
YANGILASH

90+3 daqiqa. O'YIN TUGADI 1:1.
90 daqiqa. Terma jamoamizning uzoq davom etgan hujumi noaniq pas tufayli uzilib qoldi
89 daqiqa. CHetlatish. Islom To'xtaxo'jaev.
88 daqiqa. Terma jamoamiz hujumga zo'r bermoqda...
85 daqiqa. CHap qanotdan Rashidov to'pni jarima maydoniga uztadi, Sergeev boshi bilan darvozani ishg'ol qildi 1:1
85 daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. SERGEEV 1:1
84 daqiqa. O'zgarish. BAA. Ahmad Halilning o'rniga Salim Solih tushdi
83 daqiqa. Halilning o'ta kuchli va aniq zarbasini Eldorbek Suyunov qaytardi!
82 daqiqa. Ogohlantirish. O'zbekiston. Islom To'xtaxo'jaev
82 daqiqa. To'xtaxo'jaev Ahmad Halilni yiqitdi, jarima maydoni yaqinida BAA jarima to'piga ega bo'ldi.
80 daqiqa. Endi bizda vaziyat! Iskanderovning pasidan so'ng jarima maydoni ichida uchta futbolchimiz darvozaga to'pni yo'llay olmadi
78 daqiqa. BAA gol urishga yaqin edi. Al Hammadi yo'llagan zarbadan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Maxbut darvozaga yo'lladi Suyunov to'pni darvoza chizig'idan qaytardi! Keyingi vaziyatda Maxbut simulyaciya uchun jazolandi
77 daqiqa. Xavfli vaziyat! Jeparovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi
76 daqiqa. O'zgarish. O'zbekiston. Vohid SHodiev o'rniga Ivan Nagaev maydonga tushdi
75 daqiqa. Ali Maxbut Eldorbek Suyunov bilan to'qnashib ketdi, posbonimiz o'ziga keldi va o'yinni davom ettirdi
74 daqiqa. Jeparov ikki qanotdan burchak to'pini amalga oshirdi, biroq samara bo'lmadi
71 daqiqa. Yana bir vaziyat! Amir Abdulrahmonning zarbasidan so'ng Suyunov to'pni egallab oldi
68 daqiqa. BAA yana bir hujum tashkil qildi, Ahmad Halilning zarbasi yo'liga To'xtaxo'jaev to'g'anoq bo'ldi.
66 daqiqa. Ali Maxbutning to'p oshirishidan so'ng ikkinchi bo'lim boshida maydonga tushgan Ismoil Al Hammadi gol urdi - 0:1
65 daqiqa. GOL 0:1.
64 daqiqa. O'zgarish. Sanjar Tursunov o'rniga Jamshid Iskanderov va Jasur Hasanov o'rniga Sardor Rashidov maydonga tushdi
63 daqiqa. O'zgarish. BAA. Habib Al Fardan o'rniga Amir Abdulrahmon tushdi
62 daqiqa. BAAning juda xavfli qarshi hujumi. Ahmad Halil to'pni jarima maydonimiz yonida oldirib qo'ydi, yaxshi bo'ldi
60 daqiqa. Burchak to'pini Jeparov amalga oshirdi, u to'g'ri darvozaga zarba berdi, Ali Hasif to'pni qaytardi.
55 daqiqa. Denisov jarima maydoni ichiga ajyoib pas berdi, Tursunovning zarbasi himoyachilarga tegib maydonni tark etdi. Burchak to'pidan samara bo'lmadi
53 daqiqa. Jeparovda qulay vaziyat bo'ldi, uning zarbasi noaniq chiqdi!
50 daqiqa. To'p asosan maydon markazida
49 daqiqa. Hasanov chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uztadi, himoyachilar yana to'pni qaytarishdi, Ahmedovning kuchli zarbasi ancha yuqoridan o'tib ketdi.
48 daqiqa. Vohid SHodiev ikki himoyachi qarshiligini engib o'ta olmadi
47 daqiqa. Arablar ikkinchi bo'limni hujum bilan boshlashdi. Maxbutning zarbasi noaniq ketdi
46 daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi
46 daqiqa. O'zgarish. BAA. Ahmad Hamis o'rniga Ismoil Al Hammadi tushdi

45+1 daqiqa. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45 daqiqa. Volid Abbos Tursunovni orqasidan chaldi, hakam uni ogohlantirmaslikka qaror qildi
44 daqiqa. Xavfli vaziyat! Denisovning zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi, Ahmedovning kuchli zarbasi aniq chiqdi, biroq darvozabon o'z o'rnida
43 daqiqa. Ogohlantirish. BAA. Majid Hassan
42 daqiqa. Arablar burchak to'pini amalga oshirishadi, Hamisning oshirib bergan to'piga Eldorbek Suyunov ega chiqdi
40 daqiqa. Aziz Haydarov endi zarba berdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi
38 daqiqa. Haydarovning ajoyib pasi! Uning Pirlo uslubidagi to'p uzatishidan so'ng Hasanov Jeparovga to'p uzatdi. Himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Burchak to'pi samara keltirmadi
36 daqiqa. Tursunov burchak to'pini amalga oshiradi, Sergeev yana havo jangida g'olib chiqdi, biroq uning zarbasi noaniq ketdi
34 daqiqa. Ogohlantirish. O'zbekiston. Server Jeparov
31 daqiqa. Yana bir vaziyat! Jeparov jarima to'pini amalga oshirdi, Sergeev boshi bilan darvozaga zarba berdi, Ali Hasif to'pni darvoza chizig'i ustida ushlab qoldi!
30 daqiqa. Xavfli vaziyat! Ahmedov o'ng qanotda paydo bo'ldi va to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi, Server Jeparov boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi. To'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi
26 daqiqa. Maydon markazida arab futbolchisi yotibdi, unga shifokorlrag  yordam berishdi
24 daqiqa. Odil Ahmedov o'ng qanot himoyada Maxbutni yiqitdi, jarima to'pni BAA tepadi
23 daqiqa. Xavfli vaziyat! Jeparov to'pni markazda turgan Sergeevga uzatdi, Igor chamasi 18 metrlardan erlatib zarba berdi, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi
20 daqiqa. Ahmad Hamis ikki marta o'z qanotda hujumda qoida buzdi, o'yin tenglashdi
18 daqiqa. Tursunov yana qulay vaziyatga ega bo'lgandi, zarba o'xshamadi.
17 daqiqa. BAA xavfli jarima to'piga ega bo'ldi. Ahmad Halil to'pni to'g'ri darvozaga yo'lladi, Suyunov to'pni mushtlari bilan qaytardi
16 daqiqa. Ustunlik hamon bizda, Jeparov chap qanotdan to'pni oshirdi, Vohid SHodievning bosh bilan yo'llagan zarbasini himoyachi qaytardi
15 daqiqa. Tursunov burchak to'pini amalga oshirib berdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi
12 daqiqa. Xavfli vaziyat! Jasur Hasanovning chap qanotdan oshirgan to'pini Sanjar Tursunov to'xtatmasdan darvoza tomon yo'lladi, to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi!
9 daqiqa. BAA ikkinchi raqam ostida o'ynamoqda, Odil Ahmedovning 30 metrlardan yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi
8 daqiqa. Maydon markazida Ali Maxbut Jeparovga nisbatan qo'pol o'ynadi, Tursunov to'pni havolatib jarima maydoniga uzatdi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi
7 daqiqa. To'p asosan O'zbekiston terma jamoasi azolarida, biroq hozircha golli vaziyat bo'lmadi
6 daqiqa. Sergeev raqib jarima maydoni ichida Ismoil Ahmaddan to'pni olib qo'ya olmadi
5 daqiqa. Jasur Hasanov chap qanotda juda faol! Uning oshirib bergan to'pi noaniq chiqdi.
4 daqiqa. Tursunov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi, himoyachilardan qaytgan to'pni Ahmedov oldinga oshirdi, Hasanov to'pnga eta olmadi.
3 daqiqa. Maydon markazida Aziz Haydarov to'pni raqibdan olib qo'ydi, to'p O'zbekistonda
2 daqiqa. Jasur Hasanov chap qanotdan to'pni jarima maydoni ichiga oshirdi, Vohid SHodievning boshi bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.
17:00. O'YIN BOSHLANDI.
16:59. Jamoalar esdalik uchun suratga tushishdi
16:57. O'zbekiston davlat madhiyasi
16:56. BAA madhiyasi
16:55. Jamoalar maydonga tushib kelishdi



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика