OFK U23. Yaponiya - Eron 3:0 (VIDEO)
22 jan 2016 21:40
Yangiliklar


OFK U23. Yaponiya - Eron 3:0 (VIDEO)
U23 Osiyo chempionati dastlabki chorak final o'yini bo'lib o'tdi.
Unda Yaponiya va Eron olimpiya terma jamoalari to'qnash kelishdi. O'yinning asosiy vaqtida tomonlar raqib darvozasiga yo'l topa olishmadi. Qo'shimcha taymlarning birinchisida Toyokava qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan forslar darvozasiga yo'llab hisobni ochdi. 109 va 110-daqiqalarda Nakajima ikkita ajoyib gol urib Yaponiyaga yirik g'alabani taqdim etdi.
SHunday qilib Yaponiya birinchi yarim finalchiga aylandi.
Yaponiya - Eron 3:0
Gollar: Toyokava 96, Nakajima 109, 110.
TAS-IX emas
O’xshash yangiliklar

Fikrlar