OFK sayti OCHLning "Eng yaxshi murabbiyi"ni aniqlayapti. Nomzodlar orasida "Paxtakor" ustozi ham bor

Narzulla Saydullayev
11 noya 2020, 13:14
OFK sayti Osiyo chempionlar ligasi G'arb mintaqasi jamoalari ishtirokidan kelib chiqib murabbiylarga to'xtaldi.

Xususan sayt xodimlari "Eng yaxshi murabbiy"ni aniqlash bo'yicha so'rov tashkil etishdi. Bunda to'rt nafar murabbiy nomi keltirilgan. Bular - Rui Vitoria ("Al Nassr", Saudiya Arabistoni), Vladan Miloyevich ("Al Ahli", Saudiya Arabistoni), Yahyo Gulmuhammadi ("Persepolis", Eron) hamda Shota Arveladze ("Paxtakor", O'zbekiston).

OFK sayti Shota Arveladze borasida shunday yozgan: Oradan o'n yil o'tib "Paxtakor" gruziyalik murabbiy Shota Arveladze qo'l ostida guruhdan chiqishni uddaladi. "Paxtakor" bu yilgi musobaqaning guruh bosqichini samarali o'tkazdi. Jamoa 1/8 finalda Eronning "Istiqlol" klubini mag'lub etdi, ammo chorak finalda "Pesepolis" to'sig'idan o'ta olmadi. Shunga qaramay Arveladze shogirdlari OCHLda iliq taasurot qoldirishdi.

Eslatib o'tamiz, so'rovnoma 14 noyabr kuni tugaydi. Hozircha eng ko'p ovoz to'plash bo'yicha eronlik Yahyo Gulmuhammadi peshqadamlik qilyapti. Agar biz ham ovoz berishda faol bo'lsak, Arveladze hech bo'lmasa ikkinchi bo'lishi mumkin.



OVOZ BERISHGA O'TISH

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia