OFK prezidenti Mirabror Usmonovni tabrikladi
24 dek 2013 13:14
Yangiliklar


OFK prezidenti Mirabror Usmonovni tabrikladi
Osiyo Futbol Konfederaciyasi prezidenti SHayx Salmon Ibrohim Al-Halifa O'FF prezidenti Mirabror Usmonovni O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidentligiga qayta saylangani bilan tabrikladi.
OFK prezidenti O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti Mirabror Usmonov nomiga jo'natgan maxsus tabriknomasida shunday deydi, O'FF
prezidentligiga qayta saylanganingiz bilan chin yurakdan muborakbod
etaman. Aminmanki, sizga berilgan ushbu vakolatdan oqilona foydalanib, o'z
zimmangizdagi vazifalarni to'liq bajarasiz, - dedi OFK prezidenti.
OFK prezidenti SHayx Salmon Ibrohim Al-Halifa shu bilan birgalikda OFK hamda O'FF o'rtasidagi aloqalar bundan-da mustahkamlanishiga tilakdosh ekanligini alohida qayd etdi. Osiyo Futbol Konfederaciyasi hamda O'zbekiston Futbol Federaciyasi o'rtasidagi do'stona aloqalar yanada mustahakmlanishiga chin yurakdan tilakdoshman. OFK O'zbekiston Futbol Federaciyasini har doim qo'llab-quvvatlaydi va Osiyo Futboli rivoji yo'lida O'FF bilan hamkorlikni davom ettirishdan umidvor, - dedi SHayx Salmon o'z tabriknomasida.
Eslatib o'tamiz, 10 dekabr, seshanba kuni O'FF anjumanlar zalida Hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tgan va Mirabror Usmonov O'zbekiston Futbol Prezidientligiga qayta saylangan edi.
Fikrlar