So’nggi yangiliklar

20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  0 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  0 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  2 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  37 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  7 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  4 15:38Роналду – энг яхши!  27

OFK Kubogi-2022. Ulug'bek Baqoev: "Menimcha 80 foiz muxlislarga penaltilar seriyasi yoqsa kerak, ammo..." Yangiliklar

OFK Kubogi-2022. Ulug'bek Baqoev: "Menimcha 80 foiz muxlislarga penaltilar seriyasi yoqsa kerak, ammo..."

OFK Kubogi Markaziy mintaqa finali doirasidagi "Xo'jand" - "So'g'diyona" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Ulug'bek Baqoev va Milan Mitrovich ishtirok etdi.

"Barchaga xayrli kun. Bizning jamoa O'zbekiston chempionatining so'nggi turida safarda g'alaba qozondik va bo'lajak o'yinga ham jismoniy, ham ruhiy tomonlama yaxshi holatda etib keldik. Ertangi bahsga tayyormiz.

"Xo'jand" jamoasini yaxshi bilamiz. Maqsadlari ulkan va yosh jamoa. Yaxshi futbolchilarga ega. Raqib o'z maydonida o'ynashi ularga ustunlik beradi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 15:30da boshlanadi, bu degani xato qilishga haqqimiz yo'q. Agar xato qilsak uni to'g'rilashning imkoni bo'lmaydi", - dedi Ulug'bek Baqoev.




"Barchaga xayrli kun. Ertangi o'yin haqida nima deyish mumkin? Biz uchun ham, raqib uchun ham juda qiyin bahs bo'ladi. Barchasi bitta o'yinda hal bo'ladi, yutqazish yoki keyingi bosqichga chiqish mumkin. O'yinning soat 15:30da boshlanishi biroz qiyinchilik tug'dirishi mumkin, sababi havo issiq bo'ladi. Biz har bir raqibni hurmat qilamiz, ammo qo'rqmaymiz. Xudo xohlasa ertaga g'alaba qozonib keyingi bosqichga chiqamiz", - dedi Milan Mitrovich.




- Davralar oralig'ida "So'g'diyona" o'z safiga tajribali Vitaliy Denisovni qo'shib oldi. Adashmasam u oxirgi bir yilda maydonga tushmadi. Uning jismoniy holati qanday?

- Uni professional va sifatli futbolchi sifatida bilamiz. Vitaliy yuqori darajada o'ynagan. Moslashish jarayonini oson o'tkazdi. Bir nechta o'yinlarda maydonga tushishga ulgurdi va g'alabalarimizga xissa qo'shdi.

- Bunday sharoitda o'ynash qanchalik qiyin bo'ladi?

- Havo haqida yuqorida ham gapirdik. Bunday vaziyatda imkoniyatlar tenglashadi. Sababi bunday iqlimga ko'proq moslashgan bo'lsa o'sha jamoaga imkoniyat paydo bo'ladi. Ertaga "Xo'jand" ham, biz ham keyingi bosqchiga chiqish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.




- Bahs bitta o'yindan iborat. Ertaga penaltilar seriyasigacha borishiga tayyormisiz?

- Biz ko'plab xalqaro musobaqalar va chempionatlarni tomosha qilamiz. Muxlislarga nima kerak? Menimcha 80 foiz muxlislarga penaltilar seriyasi yoqsa kerak. Ammo murabbiy va futbolchilarga bu qiyin jarayon. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin va ertaga balki penaltilar seriyasi ham bo'lishiga tayyormiz. O'yinning turli kutilmagan holatlariga tayyormiz.

- Ertaga "So'g'diyona" hujumkor o'yin namoyish etadimi?

- Biz har doim hujumkor o'yin ko'rsatamiz. Ammo vaziyatdan va raqibdan kelib chiqamiz. Faqat hujum qilaverish ham yaxshi emas, biz futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilamiz va kerak paytda hujumga o'tamiz.




Oqil Abdubarnoev
Xo'jand shahridan maxsus

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика