OFK kubogi-2022. Ulug'bek Baqoev: "Ertaga bizni faqat g'alaba qoniqtiradi"
		
		23 iyu 2022 15:24
        Yangiliklar	
	 
				 
				OFK kubogi-2022. Ulug'bek Baqoev: "Ertaga bizni faqat g'alaba qoniqtiradi"
O'yindan oldingi matbuot anjumanida jizzaxliklar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev va sardori Jasur Hasanov ishtirok etdi. O'yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
Guruhdan "So'g'diyona" va "Neftchi"dan tashqari Tojikistonning CSKA va Turkmanistonning "Oltin Asr" jamoalari o'rin egallagan.
Ulug'bek Baqoev: "Biz OFK Kubogida debyutantmiz, guruhda g'olib chiqishga va musobaqaning kelasi bosqichiga yo'l olishga harakat qilamiz. Guruhimiz juda ham qiziq – bizdan tashqari yana ikkita debyutant bor – CSKA va "Neftchi" ham guruh bosqichida ilk bor ishtirok etishadi. Hozirda O'zbekiston Superligasida peshqadamlik qilmoqdamiz va jamoa musobaqaga yaxshi tayyorlangan. Raqiblarga past baho bermaymiz, har bir o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. "Neftchi"ni yaxshi o'rgandik. Ertaga bizni faqat g'alaba qoniqtiradi".
Jasur Hasanov: "Tojikistonga yaxshi kutib olishgani uchun rahmat. OFK Kubogiga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Oson o'yinlar bo'lmasligiga ishonchim komil. Bizni guruhning asosiy favoriti deb hisoblashayotganini bilamiz va keyingi bosqichga chiqishga harakat qilamiz".
Matbuot anjumanini taqdim etgan Faridun Salievga minnatdorchilik bildiramiz.


| Sogdiana | AFC Cup Grp. E . 1-tur 24/06/2022, 20:00 0: 2 Tugadi | Neftchi | 
O’xshash yangiliklar
 championat.asia
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	 
             "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
                    "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
                    Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
                    Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
                    Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar