OFK Kubogi-2022. Dastlabki finalchining nomi malum
05 okt 2022 09:10
Yangiliklar


OFK Kubogi-2022. Dastlabki finalchining nomi malum
OFK Kubogi G'arbiy zonasi finalida Ummonning “Al Sib” hamda Bahraynning “Al Riffa” jamoalari o'zaro to'qnash keldi.
Mazkur bahsda “Al Sib” yirik (4:0) hisobda g'alabaga erishib, musobaqaning hal qiluvchi bahsiga yo'llanma oldi. Uchrashuvda barcha gollar ikkinchi taymda urildi va bahraynliklar futbolchisi Muhammad Marxun 76-daqiqada penaltini aniq amalga oshira olmadi.
OFK Kubogi-2022. G'arbiy zona finali
“Al Sib” (Ummon) – “Al Riffa” (Bahrayn)
“Sib” stadioni
Gollar: Al Maqbuli 47, Al Siyobi 62, Al Yahyoi 79, Dauda 90+2
Amalga oshirilmagan penalti: Marxun 76
Eslatib o'tamiz, “Al Sib”ga finalda “So'g'diyona” – “Kuala Lumpur Siti” uchrashuvida muvaffaqiyat qozongan jamoa raqiblik qiladi. Hal qiluvchi uchrashuv 22 oktyabrga belgilangan.
O’xshash yangiliklar
23:29
BAA Pro ligasi. "Al Bataeh" kutilmaganda "Sharja"dan ustun keldi, "Al Vahda"dan yirik g'alaba 0
08:20
Sofascore. Kechagi uchrashuvda Husniddin Aliqulovning harakatlari necha bahoga loyiq ko'rildi? 4

Fikrlar