So’nggi yangiliklar

03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  0 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1

OFK Kubogi-2021. Ro'ziqul Berdiev: "Xo'jand"ni yutishni xohlasak 1-turdagidan yaxshiroq o'ynashimiz kerak" Yangiliklar

OFK Kubogi-2021. Ro'ziqul Berdiev: "Xo'jand"ni yutishni xohlasak 1-turdagidan yaxshiroq o'ynashimiz kerak"

OFK kubogi 2-turidan o'rin olgan "Xo'jand" - "Nasaf" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida qarshiliklar ustozi Ro'ziqul Berdiev va futbolchi SHerzod Nasrullaev ishtirok etdi.

"Ertangi raqibimiz "Xo'jand" jamoasi bo'ladi. Bu jamoani yaxshi o'rgandik, ayni paytda Tojikiston chempionatida peshqadam bo'lib turibdi. Ajoyib jamoa. Ijobiy natija qayd etishimiz uchun juda yaxshi o'ynashimiz talab etiladi.

Yigitlarimiz bunga tayyor, raqib haqida barcha malumotga egalar. Ertangi bahsda umid qilamanki ijobiy natija va chiroyli o'yin bo'ladi.


 


- Birinchi turda "Nasaf" "Oloy"ga qarshi juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Ayniqsa ikkinchi taymda 22 daqiqa ichida 4ta javobsiz gol urildi. "Nasaf" guruh g'olibi bo'lishiga nima xalal berishi mumkin?

- Albatta raqiblar! Ayniqsa mezbon, "Xo'jand". "Oloy" bilan o'yindagi dastlabki taymda yaxshi o'ynadik deya olmayman, bu bizning eng yaxshi o'yinimiz emas. Ertangi bahs esa o'zimiz istagan eng yaxshi o'yinni namoyish etishga urinamiz.

- "Oloy" asosan himoyada o'ynadi va hujumdagi o'yinchilari saviyasi pastroqligi ko'rindi. "Xo'jand"da esa 10 va 7-raqamdagi futbolchilar hujumda juda yaxshi o'ynashdi. Bunga himoyachilar tayyormi? 
- "Oloy" asosan himoyaga urg'u berdi, ko'plab o'yinchilar himoyada o'ynashdi. Menimcha "Xo'jand" ko'proq hujum qiladi va oldinga o'tadi. Bu biz uchun balki foydaga ishlar. Raqib himoyaviy o'ynaydimi yoki hujumkormi farqi o'yin, bunday bahslarga tayyor bo'lishimiz shart. Hozir faqat "Xo'jand" haqida gapirayapmiz, ammo "Oltin Asr" ham juda yaxshi jamoa. Guruhdagi hech bir bahs oson o'tmaydi.


- Musobaqa markazlashgan holda o'tishiga qanday qaraysiz? Bu jamoalarga qiyinchilik tug'dirishi aniq. 

- Hozir pandemiya bo'lgani uchun musobaqa markazlashgan holda o'tkazilmoqda. Bu OFK qarori. Bunga ko'nikish kerak, OCHL bahslari ham shunday o'tdi. Oldin uy-safar tizimida bo'lardi o'yinlar, , - deydi Ro'ziqul Berdiev 




"Ertangi bahsga jamoamiz tayyor, muxlislarimizni xursand qilib g'alaba qozonishga harakat qilamiz. "Xo'jand" jamoasi o'yinlarini o'rganib chiqdik, ular g'alaba uchun bor kuchini berishi aniq. Lekin biz ham g'alaba qozonishni xohlaymiz", - deydi Nasrullaev.


 


Tolibjon Qosimov

Dushanbe, Tojikiston

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика