OFK kubogi-2021. Ro'ziqul Berdiev: "Aliqulovni o'ng qanotga qo'yganimiz o'zini to'liq oqladi"
18 may 2021 03:34
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/637767_original.jpg)
![](/upload/storage/637767_220.jpg)
OFK kubogi-2021. Ro'ziqul Berdiev: "Aliqulovni o'ng qanotga qo'yganimiz o'zini to'liq oqladi"
OFK Kubogi-2021 2-turi doirasida "Nasaf" jamoasi Tojikistonning "Xo'jand" klubini 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
FK Khujand |
AFC Cup Grp. F . 2-tur 17/05/2021, 22:05 3
:
0
Tugadi
|
Nasaf Qarshi |
Ana shu g'alabadan so'ng "ajdarlar" ustozi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida fikrlarini bildirib o'tdi. Uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan yarim himoyachi Akmal Mozgovoy esa o'yindan keyingi doimiy doping test topshirishga kirib ketgani bois anjumanda ishtirok eta olmadi.
"Yaxshi o'yin bo'ldi. Biz hammasini nazorat qildik va to'pni ham juda yaxshi saqlay oldik. Raqibni kuchli va kuchsiz tomonlarini yaxshi bilardik, eng muhimi esa biz o'yindagi hisobni nazorat qila oldik va ushbu g'alabaga erishdik. O'ylashimcha, bu hisob o'yinga mos bo'ldi", - deya dastlabki fikrlarini bildirdi Berdiev.
- Jamoada ikkita o'ng qanot himoyachisi borligiga qaramay, bugun asli markaziy himoyachi hisoblangan Husniddin Aliqulovni o'ngga tushirdingiz va bu amalda o'zini to'liq oqladi (gol+pas). Nima uchun bunday qarorga kelgandingiz? (T.Qosimov)
- Birinchidan Aliqulov oldingi uchrashuvda zaxiradan tushib o'yinga yaxshi qo'shilib ketdi va gol ham urgandi. Ikkinchidan, o'sha ikkita o'ng qanot himoyachilarimiz biz kutgan o'yinni namoyish etishmagandi. SHu sabab bugun Aliqulovga imkoniyat berdik. Husniddinda o'ng qanot himoyachisi bo'lib o'ynash uchun kerakli jihatlar bor, shu sabab uni ishonch bilan o'sha joyga qo'ydik va bu o'zini oqladi. Qo'shimcha qilaman, bilasilar Aliqulov bosh bilan juda yaxshi o'ynaydi. SHu sabab standart vaziyatlarda ustunlikka erishishni maqsad qilib ham uni asosiy tarkibga kiritdik. Himoyada ham, hujumda ham standartlarda u yaxshi harakat qiladi.
- Bugun o'yinchilaringiz juda yaxshi harakat qilishdi, xususan, himoyada ham. Birinchi o'yinda esa bu darajada harakat qilmagandi jamoa. Aynan "Xo'jand"ga qarshi kuchli tayyorlandinglarmi yoki oldingi bellashuvda boshqacha ko'rsatma bo'lganmidi?
- Biz har bir jamoaga alohida tayyorlanamiz. Agar birinchi o'yinni oladigan bo'lsak, raqibda bitta vaziyat yuzaga kelgandi. Yodingizda bo'lsa afrikalik legionerda imkoniyat bo'lgandi (A.Nematov qutqargandi). O'shanda ham himoyada biroz omadsiz o'yin ko'rsatgandik. Bugun ham hisob 1:0 bo'lib turganda raqibning 7-raqamdagi hujumchisi bosh bilan zarba bera oldi. Darvozabonimiz qutqardi o'sha vaziyatda. Ko'rib turganingizdek, himoyada xatolarimiz bor, buni to'g'rilashimiz kerak. Himoyachilarga doim diqqatni yo'qotmaslikni, himoyada ishonchli harakat qilib nolga o'ynash kerakligini takidlayman. Xatolar bo'ldi, ammo menimcha bugun ular o'z vazifalarini bajarishdi.
- Bugun jamoa o'yin boshidan juda yaxshi harakatlandi va kerakli gollarni 1-bo'limning o'zida urdi. Bunga ko'proq nima sabab bo'ldi? Oldingi bahsdan ko'ra yaxshiroq tayyorlanganingizmi yoki bugungi raqib oldinga ko'proq o'tish evaziga orqada "ochilgani"mi? (T.Qosimov)
- Birinchi o'yinda birinchi golni urib olishga qiynalgan edik. Bir bo'lim sifatli hujum tashkil eta olmagandik. Bugun esa o'yin boshida gol urib olganimizdan keyin bellashuv boshqacha ko'rinish oldi. Oldin ham aytgandim, birinchi uchrashuvda balki biroz hayajon bor edi. Bugun esa o'sha jihatni to'g'rilay oldik. Yigitlar bugun ruxiy tomonlama juda yaxshi tayyorlanishgan edi. Bu bizga ustunlik bergan jihatlardan biri bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, "Nasaf" 2-turdan so'ng "F" guruhida 6 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Ikkinchi o'rindagi "Oltin Asr" (Turkmaniston) hisobida 4 ochko mavjud. So'nggi turda aynan shu ikki klub o'zaro bellashadi va pley-offga kim chiqishiga oydinlik kiritishadi.
Tolibjon Qosimov, Dushanbe shahridan maxsus
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar