So’nggi yangiliklar

02:44Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан” устидан ғалаба қозониб, гуруҳ пешқадами сифатида кейинги босқичга йўл олди  0 00:45"Арсенал" Партининг ўрнига "Брентфорд" футболчисин сотиб олади  0 00:26"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи  1 23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар доим ютиш яхши"  3 23:24"Андижон" ОЧЛ 2да кимлар билан ўйнайди?  6 23:01Миржалол Қосимов: "Яна ёш болаларча хатога йўл қўйдик"  8 22:26Роналду "Ал Насср" билан шартномасини узайтиради (Фабрицио Романо)  2 22:01Мбаппе умумий гуруҳ машғулотларига қайтди. У "Зальцбург"га қарши ўйнаши мумкин  0 21:35Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" Олмалиқда ОКМКни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  27 21:05"Арсенал" Гёкереш бўйича янги таклиф тайёрламоқда. "Спортинг" камида 80 миллион евро сўрамоқда  7 20:37Альваро Мората Италияга қайтади  2 19:53Де ла Фуэнте тақвим ҳақида: "Иккиюзламачилик бўлмаслиги керак"  5 19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 19:13Шота Арвеладзе собиқ клубига қайтди  0 18:38"Олтин тўп" эгаси КЧЖни кузатмаяпти: "Барселона" ўйнамаяпти. Шундай экан... нимага уни кўриш керак?  6

OFK Elit CHempionlar ligasi. "Paxtakor" 10 kishi qolgan amaldagi chempion bilan durang o'ynadi Yangiliklar

OFK Elit CHempionlar ligasi. "Paxtakor" 10 kishi qolgan amaldagi chempion bilan durang o'ynadi

Teglar :  PaxtakorAl Ayn
OFK Elit CHempionlar ligasi 6-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Ayn" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

OFK Elit CHempionlar ligasi 6-tur

"Paxtakor" - "Al Ayn" 1:1  (TUGADI)

Toshkent. "Jar" stadioni. 

Hakamlar: Ahmad Alali, Abdulhadi Alanezi, Ahmad Abbas, Saud Alsamhan (barchasi Kuvayt)

VAR: Abdullah Alkandari (Kuvayt)

AVAR 1: Hashem Al Ibrahim (Kuvayt)

Gol: Otabek Jo'raqo'ziev 6, 1:0, Sofiyan Rahimi 48, 1:1

"Paxtakor": 12. Vladimir Nazarov, 2. Behruzbek Asqarov, 3. SHahzod Azmiddinov, 4. Abdulla Abdullaev, 8. Diyor Xolmatov, 22. Umar Adhamzoda (6. Muhammadali O'rinboev, 87), 23. Abdurauf Bo'riev, 30. Otabek Jo'raqo'ziev (99. Ulug'bek Hoshimov, 73), 33. Doniyor Abdumannopov, 44. Mahmudjon Mahamadjonov, 55. Muhammadrasul Abdumajidov

Zaxira: 1. Nikita SHevchenko, 35. Pavel Pavlyuchenko, 11. Po'latxo'ja Xoldorxonov, 15. Diyorbek Ortiqboev, 18. Saidumarxon Saidnurullaev, 20. Dilshod Abdullaev, 24. Kirill Todorov, 31. Muhammadali Usmonov, 40. Kimi Merk, 

"Al Ayn": 17. Xolid Eysa, 3. Kuadio Kouame, 4. Fabio Kardoso (16. Xolid Al Hoshmi, 90+4), 5. Park Yong Vu, 6. Yahyo Nodir, 8. Muhammad Abbos, 9. Kojo Laba, 10. Kaku ( 20. Matias Palasios, 58), 11. Bandar Al Ahbobi (7. Matias Segovia, 30) (27. Sekou Baba, 90+4), 15. Erik Yorgens, 21. Sofiyan Rahimi

Zaxira: 1. Muhammad Busanda,  13. Ahmad Barman, 18. Xolid Al Blushi,23. Xolid Butti Alzaabi, 24. Felipe Salomoni,  35. Hasan Muhammad, 46. Dramane Koumare, 70. Abdul Karim Traore

Ogohlantirish: Abdurauf Bo'riev ("Paxtakor") 34, Park Yong Vu ("Al Ayn") 80, Mahmud Mahamadjonov ("Paxtakor") 90, SHahzod Azmiddinov ("Paxtakor") 90

CHetlatish: Yahyo Nodir ("Al Ayn") 55


MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi. 

90+4. O'ZGARISH. "Al Ayn", Kardoso o'rniga Al Hoshmi, Segovia o'rniga Sekou Baba tushdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 9 daqiqa qo'shib berildi. 

90. OGOHLANTIRISH. "Paxtakor", SHahzod Azmiddinov, Mahmud Mahamadjonov. 

87. O'ZGARISH. "Paxtakor", Umar Adhamzoda o'rniga Muhammadali O'rinboev tushdi. 

85. NAZAROOOV. Burchakdan uzatib berilgan to'pdan so'ng raqib futbolchisining bergan zarbasini Nazarov qaytardi. 

83. ZARBAA. Yana Kojo Laba. Uning murakkab zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

80. OGOHLANTIRISH. "Al Ayn" Park Yong Vu

80. Bunday pallada mahorat o'z so'zini aytadi.

74. "Al Ayn"dan yana bir keskin hujum. Labaning zarbasi darvozaga kirmadi.

73. O'ZGARISH. "Paxtakor", Jo'raqo'ziev o'rnida uchrashuvni Hoshimov davom ettiradi. 

71. Mezbonlar yana xavfli vaziyat yaratdi. Nazarov to'pni ikkinchi urinishda qaytardi. 

70. ZARBAAA. Diyor Xolmatovning jarima maydonchasi ichiga kirib bergan zarbasini darvozabon Eysa qaytardi. 

68. ZARBAAA. "Al Ayn" ancha jonlandi. Labaning "Paxtakor" jarima maydonchasi ichida yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

63. ZARBAAA. Umar Adhamzoda ichkariga kirdi va zarba berdi. Zarba noaniq chiqdi. 

58. O'ZGARISH. "Al Ayn", Kaku o'rniga Palasios tushdi. 

55. Hakam, hakam. Malades bu hakam. Yahyo Nodirning sariq kartochkasi qizilga aylandi. 

53. Hakam VAR monitori yoniga ketdi. Sariq qizilga almashishi mumkin. Bu yaqqol qizil. Doniyor Abdumannopovning yog'ini o'rib tashladi. 

52. OGOHLANTIRISH. "Al Ayn" futbolchisi Yahyo Nodirga sariq kartochka ko'rsatildi.

48. GOL. Sen urmasang, senga urishadi. Xuddi Jo'raqo'zievda yuz bergan vaziyat endi "Al Ayn" o'yinchisida sodir bo'ldi. Qarshi hujumda qanday gol urish kerakligini Sofiyan Rahimi ko'rsatib berdi, 1:1

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus

45+6. ZARBAAA,. Otabek Jo'raqo'ziev birga bir vaziyatda "Al Ayn" darvozasini ishg'ol qila olmadi. 

45. Birinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berildi.

41. Ikki jamoa futbolchilari o'zaro urishib ketishdi. Hammasi joyida, hech kimga kartochka ko'rsatilmadi.

34. OGOHLANTIRISH. "Paxtakor", Abdurauf Bo'riev

30. O'ZGARISH. "Al Ayn, Bandar Al Ahbobi o'rniga Matias Segovia tushdi.

28. "Al Ayn" futbolchisi zambilda maydon tashqarisiga olib chiqib ketildi. Almashtirish yuz berishi mumkin.

24. ZARBA. Bo'rievning zarbasi juda noaniq ketdi. 

18. "Al Ayn"ning hujumi xavfli chiqishi mumkin edi. "Paxtakor" futbolchilari Kojo Labaga imkoniyat berishmadi. 

12. "Paxtakor"dan oldinga yurish. Ammo samarasiz. 

8. "Al Ayn"dan javob hujumi. Mezbonlar jarima maydonchasi ichidagi tartibsizlikdan yaxshi ham raqib futbolchilari foydalana olishmadi. 

6. GOOOOOOOOOOOL. "Paxtakor" ilk daqiqalardan hujumkorlikka urg'u berdi va samarasini oltinchi daqiqaga kelib ko'rdi. Diyor Xolmatovning zarbasini Xolid Eysa qaytardi, qaytgan to'pni Otabek Jo'raqo'ziev darvozaga kiritib yubordi. 

- O'yin boshlandi. 

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay holatda. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика