So’nggi yangiliklar

01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  0 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  8 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5

OFK Elit CHempionlar ligasi. "Paxtakor" safarda "Al SHorta" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

OFK Elit CHempionlar ligasi. "Paxtakor" safarda "Al SHorta" bilan durang o'ynadi

OFK Elit CHempionlar ligasi 3-turidan o'rin olgan "Al SHorta" - "Paxtakor" uchrashuvi yakunlandi.

Al Shorta

AFC Champions League Elite West . 3-tur

21/10/2024, 22:00

0
:
0
Tugadi

Pakhtakor Tashkent

45'
90'
39'  Fahad Youssef
63'  Faisal Jasem (Ameer Sabah Khudhair)
77'  Mohammed Dawood (Hussein Ali)
86'  Manaf Younis
44'  Umar Adkhamzoda
46'  Dostonbek Khamdamov (Makhmud Makhamadzhonov)
46'  Mukhammadkodir Khamraliev (Mukhammadrasul Abdumazhidov)
48'  Sardor Sabirkhodjaev
80'  Umar Adkhamzoda (Doniyor Abdumannopov)
80'  Otabek Jurakuziev (Ulugbek Khoshimov)
90'  Sardor Sabirkhodjaev (Ibrokhim Ibrokhimov)

"AL SHORTA" - "PAXTAKOR" 0:0

Hakamlar: Ma Ning, Zou Fey, Zang CHeng,  Zang Ley.

VAR: Fu Ming.

AVAR: Vang Di.

"Al SHorta": Ahmad Basil, Munaf Yunus, Sajjad Jasim, Mahmud Mavas, Abdulmajid Bubakar, Ahmad Yahyo, Mohanad Ali, Faysal Jasim (Amin Sabah, 63), Muhammad Davud (Hussayn Saidi, 77), Fahad Yusuf, Salomon Banga.

Zaxira: Hasan Ahmad, Muhammad Karim, Revan Amin, Akam Hoshim, Ahmad Farxan, Bassam SHokir, Muhammad Zrayq, Abdulrazzoq Qosim, Lukas Souza, Ahmad Zero.

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 7.Xojiakbar Alijonov, 3.SHahzod Azmiddinov, 4.Abdulla Abdullaev, 5.Muhammadqodir Hamraliev (55.Muhammadrasul Abdumajidov, 46), 22.Umar Adhamzoda (33.Doniyor Abdumannopov, 80), 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev (9.Ibrohim Ibragimov, 90+2), 17.Doston Hamdamov (44.Mahmudjon Muhammadjonov, 46) , 30.Otabek Jo'raqo'ziev (99.Ulug'bek Hoshimov, 80), 10.Dragan CHeran.

Zaxira: 1.Nikita SHevchenko, 35.Pavel Pavlyuchenko, 2.Behruz Asqarov, 11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 15.Diyorbek Ortiqboev, 31.Muhammadali Usmonov, 40.Kimi Merk.

Ogohlantirishlar: Fahad Yusuf (39), Umar Adhamzoda (44), Sardor Sobirxo'jaev (48), Abdulmajid Bubakar (86).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+2. "Paxtakor"da o'zgarish: Ibragimov Sobirxo'jaevni almashtirdi.

90+2. Zarba! Sabahning olisdan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

86. Abdulmajid Bubakar raqib futbolchisini ushlab qolgani uchun ogohlantirildi.

80. "Paxtakor" ikki o'zgarish amalga oshirdi.

77. Mezbonlar tarkibida o'zgarish ro'y berdi.

75. Mezbonlar raqib jarima maydoniga kirib bordi, biroq Nazarov zarba berishga yo'l qo'ymadi.

66. Zarba! Al Mavasning jarimadan yo'llagan zarbasini Nazarov qaytardi.

63. Xavfli vaziyat! CHeran raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, ammo himoyachi bunga yo'l qo'ymadi.

59. Zarba! Alijonovning uzatmasidan so'ng qarama-qarshi qanotda turgan Muhammadjonov to'pni to'xtatmasdan zarba yo'lladi, uning urinishiga biroz aniqlik etishmadi.

51. Zarba! Standart vaziyatda uzatilgan to'pga Manaf Yunus bosh bilan zarba yo'lladi. Oradan bir daqiqa o'tmasdan Muhanad Ali ham xavfli zarba yo'lladi. Ammo hisob ochilmadi.

48. Sobirxo'jaev raqib futbolchisini qo'pollik evaziga to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

48. Xavfli vaziyat! "Paxtakor" himoyachilarining xatosidan so'ng mezbonlar hujumchisi yaqin masofadan zarba yo'lladi, Nazarov oyog'i bilan to'pni qaytardi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Paxtakor"da ikki o'zgarish amalga oshirildi.

Taym yakunlandi.

45. Xavfli vaziyat! Muhanada Alining jarima maydoni yaqinida yo'llagan kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

44. Adhamzoda qoidabuzarlik uchun ogohlantirildi.

42. Xavfli vaziyat! "Al SHorta" hujumchisi Nazarov bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, zarba yo'lladi, darvozabondan o'tgan to'pni Azmiddinov qaytardi.

39. Fahad Yusuf markazda Sobirxo'jaevga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

39. Alijonovning olisdan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

37. "Paxtakor"ning tezkor ravishda boshlagan hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

30. Xavfli vaziyat! Al Mavasning yaqin masofadan tepgan to'pini Nazarov egallab oldi.

22. Xavfli vaziyat! "Al SHorta" darvozaboni qaltis harakat qilib, to'pni yo'qotishiga bir bahya qoldi.

21. Bobokarning olisdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi.

18. Xavfli vaziyat! "Paxtakor" futbolchilari ketma-ket ikki marotaba raqib jarima maydonida zarba yo'lladi. Birinchi zarba yo'ligi himoyachi to'g'anoq bo'ldi, ikkinchi urinish esa noaniq ko'rinish oldi.

13. CHeran raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, biroq unga tezlik etishmadi.

12. Dovud noaniq zarba yo'lladi.

10. Burchakdan uzatilgan to'pga CHeran bosh bilan zarba yo'lladi, to'p esa iroqliklar o'yinchisining qo'liga tekkan bo'lishi mumkin. Biroq hakam o'yinni davom ettirish kerakligini lozim topdi.

6. Dastlabki daqiqalarda xavfli vaziyat sodir etilmadi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Al SHorta" yashil, "Paxtakor" sariq-oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика