So’nggi yangiliklar

12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  0 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  0 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  48 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  3 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  6 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0

O'FFning yil yakunlariga bag'ishlangan marosimi yakunlandi Yangiliklar

O'FFning yil yakunlariga bag'ishlangan marosimi yakunlandi

Bugun, 23 dekabr kuni O'FF 2013 yilgi eng yaxshilarni taqdirlash marosimini o'tkazdi.
Ushbu sahifa orqali marosimning eng asosiy va qaynoq yangiliklarni bilib borish mumkin bo'ldi.

YANGILASH

Tadbir soat 18:10 da boshlandi. Unga Moskvaning "Lokomotiv" klubi himoyachisi Vitaliy Denisov ham etib kelgan.

Olgan malumotlarimizga ko'ra yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga uch nafar futbolchi bosh davogar bo'lib turibdi. Bular Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov va Jamshid Iskanderov. Favorit albatta Denisov.

Ayni paytda musiqiy chiqishlar davom etmoqda. "Zarb sadosi" doira ansambli, Abduhoshim Ismoilov, Zulayho Boyxonova chiqish qilishdi.

"Zarafshon" kino-koncert zaliga Denisov, Ahmedov va Iskanderovning katta bannerlari ilingan. Tashqarida esa ikkita "Malibu" avtomashinalari o'z egalarini kutmoqda. Norasmiy malumotlarga ko'ra bu "toychoqlar" Ahmadjon Musaev va Dilshod Nuralievga.

Boshlovchilar Nilufar Sotiboldieva va Davron Kabulov tadbirning rasmiy qismini ochib berishdi. Katta ekranda O'zbekiston terma jamoasining o'yinlaridan lavhalar namoyish etildi.

Navbat O'FF prezidenti Mirabror Usmonovga berildi: "O'FF o'tgan yillar ichida poydevorga ega bo'ldi. Endi terma jamoalardan natija talab qiladigan vaqt etdi. Bunga sizlarning kuchingiz etadi. Yangi yilda barchangizga sixat-salomatlik tilayman".

2013 yil kuzida BAAda bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatida qatnashgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi taqdirlanmoqda. Dilshod Nuraliev boshchiligidagi o'smirlarimiz o'sha mundialning 1/8 finalida Gondurasga mag'lub bo'lgandi. O'smirlarimizni taqdirlash Sardor Raxmatullaev va Axbor Imomxo'jaevga topshirildi. Taxmin qilinganidek terma jamoa bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev "Malibu" avtomashinasi bilan taqdirlandi. Jahon chempionatida ishtirok etgan futbolchilarga esa katta miqdordagi pul mukofotlari topshirildi.

Turkiya mezbonlik qilgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati chorak finaliga qadar etib borgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azolari ham pul mukofoti bilan taqdirlandi. Ahmadjon Musaevga "Malibu" sovg'a qilindi.

Sahnada O'zbekiston xalq artisti G'ulomjon Yoqubov. Yig'ilganlarni o'zining qo'shilari bilan xursand qilmoqda.

"Yilning eng yaxshi yosh futbolchilari" - Jamshid Boltaboev, Akobir To'raev va Izzatilla Abdullaev. Bu futbolchilarning har biriga 1 million so'mlik cheklar topshirildi.
 
"Yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi": Dilshod Nuraliev. Murabbiyga esa 3 million so'mlik chek taqdim etildi.

Sahnada Gulsanam Mamazoitova. Musiqiy tanaffus.

Endi O'zbekiston futboli yo'lida mehnat qilayotganlarga O'FFning ko'krak nishoni topshiriladi. Nishon olgan ro'yxati: Anvarjon Yoqubov, Nikolay Lyubarcev, Iskandar Fozilov, Roziq Turg'unov, Dmitriy SHelochkov, Viktor Vishnickiy, Valeriy Lyotkin, Elmar Aminov, Axbor Imomxo'jaev, Ilhom Ustaxonov, SHamil Yafarov, SHuxrat Sayfullaev, To'ra Qo'ldoshev, Ramil Ilyasov, SHamil Yarulin, Valeriy Borodavkin.

"Fair Play" sovrini Toshkentning "Lokomotiv" klubiga topshirildi. Sovrinni klub bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov qabul qilib oldi. Maulmot uchun, "temiryo'lchilar" 2013 yilgi mavsumda umuman qizil kartochka olishmagan yagona jamoa bo'lishdi.

Sahnada "Million" jamoasi. Sobiq QVZchilar yig'ilganlarni kuldirishmoqda.

Endi estrada yulduzi SHoxruxxon o'z qo'shiqlarini kuylab tadbirga zavq bag'ishlamoqda.

"Yilning eng yaxshi hakami" sovrini Ravshan Ermatovga topshirildi. Takidlash lozimki, Ermatov ketma-ket 8-yil bunday sovringa ega chiqdi.

"Yilning eng yaxshi to'purari" sovrini kutilganidek "Bunyodkor" hujumchisi Oleksandr Pishurga nasib etdi.

Musiqiy tanaffus. Navbat Manzuraga.

"Yilning eng yaxshi matbuot xizmati" sovrini Qarshining "Nasaf" klubiga topshirildi. PFL bosh direktori Farhod Magometov klub matbuot xizmati boshlig'i Azizjon Nuriyga sovrinni topshirdi. 

"Yilning eng foydali futbolchisi" sovrini ham Qarshiga ketdi. "Nasaf"ning haqiqiy etakchisi Artur Gevorkyan taqdirlandi.
 
"Yilning eng yaxshi murabbiyi" sovrini Ro'ziqul Berdievga O'FF prezidenti Mirabror Usmonov tomonidan topshirildi. Ro'ziqul Berdiev boshchiligida "Nasaf" 2013 yil O'zbekiston milliy chempionatida bronza medallariga ega chiqdi, bundan tashqari "ajdarlar" O'zbekiston kubogi finaliga qadar etib kelishdi.

"Yilning eng yaxshi futbolchisi" sovrini kutilganidek Moskvaning "Lokomotiv" klubi himoyachisi Vitaliy Denisovga nasib etdi. "O'zbekistondan ekanligimdan faxrlanaman. Bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman", - deydi Denisov.

Musiqiy tanaffus. Ulug'bek Raxmatulaev va SHaxzoda o'z qo'shiqlari bilan yig'ilganlarga zavq bag'ishlashdi.

SHu tariqa O'FFning 2013 yilgi laureatlarni taqdirlash marosimi yakunlandi. 2014 yil barchamizga omad olib kelsin!


Nodirxo'ja Yuldashev va Narzulla Saydullaev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика