O'FF yilning eng yaxshilarini taqdirladi
23 dek 2013 22:00
Yangiliklar

O'FF yilning eng yaxshilarini taqdirladi
23 dekabr, dushanba kuni Zarafshon kino-koncert zalida O'zbekiston Futbol Federaciyasining yil yakunlariga va 2013 yil laureatlarini taqdirlashiga bag'ishlangan tantanali marosimi bo'lib o'tdi.
Tantanali tadbir davomida 2013 yili o'z yosh toifasida Tukriya va BAA davlatlarida tashkil etilgan jahon chempionati bahslarida chiroyli va muvaffaqiyatli o'yin ko'rsatgan O'zbekiston U-20 yoshlar va O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi azolarini taqdirlash marosimi ham bo'lib o'tdi. Jumladan, har ikkala terma jamoa murabbiylari, mos ravishda, Ahmadjon Musaev va Dilshod Nuraliev Chevrolet Malibu rusumidagi avtomobillar bilan taqdirlanishdi.
Yil yakunlariga bag'ishlangan marosimda to'qqiz nominaciya bo'yicha eng yaxshilar aniqlanib, sovrinlar topshirildi. Jumladan, O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasining bir yo'la uch nafar futbolchisi - Akobir To'raev, Jamshid Boltaboev va Izzatilla Abdullaevlar Yilning eng yaxshi yosh o'yinchisi yo'nalishida g'olib deb topildi. O'z navbatida, ularning ustozi – O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev Yilning futbol bo'yicha eng yaxshi bolalar murabbiyi nominaciyasida g'olib deb topildi.
Fair Play – Halol o'yin nominaciyasida Toshkentning Lokomotiv jamoasi g'olib chiqdi. Jamoa futbolchilari mavsum davomida hakamlar tomonidan 45 marta ogohlantirilgan bo'lsa-da, biroq hakamlar ushbu jamoa futbolchilariga biror marta qizil kartochka ko'rsatishmadi. Futbolchilarni ogohlantirish va maydondan chetlatish huquqiga ega bo'lgan vakolatli shaxslar – futbol hakamlari orasida esa ketma-ket sakkizinchi marta Ravshan Ermatov Yilning eng yaxshi hakami deb topildi.
Joriy yilda Eng yaxshi matbuot xizmati nominaciyasi bo'yicha ham taqdirlash to'g'risida qaror qabul qildi. Ushbu yo'nalish g'olibi mavsum davomida O'zPFL bayrog'i ostida tashkil etilgan o'yinlardan hisobotlarni o'z vaqtida va to'liq ko'rinishda tashkilot matbuot xizmatiga jo'natib turgan klublarga topshirilgan. SHunday qilib, 2013 yilda bu borada Nasaf futbol klubi matbuot xizmatiga teng keladigani topilmadi.
Toshkentning Bunyodkor klubi ukrainalik hujumchisi Aleksandr Pishur 19ta gol bilan mavsum to'purariga aylandi va o'z-o'zidan, O'zbekiston CHempionati-2013ning eng yaxshi to'purari sovrinini qo'lga kiritdi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda Moskvaning Lokomotiv klubi himoyachisi Vitaliy Denisov OAV hodimlari o'rtasida o'tkazilgan so'rov natijalari yakuniga ko'ra O'zbekistonning 2013 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan bo'lsa, O'zbekiston Milliy CHempionati bronza medali sohibi va O'zbekiston Kubogi finalchisi Qarshining Nasaf klubi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Fikrlar