So’nggi yangiliklar

18:32Украина терма жамоаси ҳимоячиси: "Ҳусанов ҳақиқатан ҳам яхши сифатларга эга"  0 18:03Мудрик ушбу мавсум майдонга қайтмайди  0 17:33Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Вьетнамга имкониятни бой берди  0 17:08Арсен Венгер: "Мен Кэррикни табриклашим керак"  1 16:39"Ғазалкент" биринчи ғалабасига эришди  0 16:13"Қизилқум" "Факел" билан жанговар дуранг ўйнади, Кенжабоевдан хет-трик!  4 15:48"Реал" бразилиялик ҳимоячига кўз тикди  0 15:25"Пахтакор" ёшлар жамоаси Қатарга йўл олди  1 15:03Винисиус Жуниор "Реал" раҳбариятига келажаги бўйича аниқ баёнот берди  6 14:35"Каттақўрғон" ва "ҚМУ Жайхун" Про лигада қатнашади  1 14:08Абдуқодир Ҳусанов Осиё рамзий терма жамоасидан жой олди  13 13:44Пато "Колчестер Юнайтед"ни сотиб олмоқчи  1 13:18"Машъал" ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 12:53​"Шўртан" Асрор Алиқулов билан келишувни узайтирди  0 12:29"АҚШдан йироқ бўлинг": Блаттер Жаҳон чемпионатини бойкот қилишга чақирди  14

"O'FA qanday ishlashini tushunmayapman" - Andrey Kanchenlskis Yangiliklar

"O'FA qanday ishlashini tushunmayapman" - Andrey Kanchenlskis

Superliganing 1-turi doirasidagi "Navbahor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis o'yin haqidagi fikrlari bilan birgalikda O'FAning ishlash tizimini tushunmayotgani alohida takidladi.

- "Jangovor o'yin guvohiga aylandik. Ehtiroslar, hayajon, mavsum boshlanishi bo'lgani uchun ham hech kim yutqazgisi kelmaydi. Barchada yuqori ishtiyoq. Maydon holati yaxshi bo'lmagani uchun birinchi o'ringa kurashchan futbol, yakka kurash, uzun paslar orqali o'ynashga majbur bo'linadi. Bugun ham shunday bo'ldi. Men futbolchilardagi ishtiyoq, jon kuydirishlarini ko'rib quvondim. Bundan mamnunman. Agarda hisob 1:0 paytida ikkinchi golni urganimizda barchasi boshqacha kechardi. Yoki 1:1 paytida ular gol urganida, yutqazarmidik. Natija adolatli. O'yinga yondoshuv va ishtiyoq menga yoqdi. Bu uchun yigitlarga rahmat. 

Nihoyat mavsum boshlandi. CHunki biz buni juda intiqlik bilan kutgandik. CHempionat boshlanishi juda cho'zilib ketdi. O'FA doim o'zgarishlar qilaveradi. Hozir ham tushunarsiz holat. Ikkinchi tur o'yini 20 kunlik tanaffusdan keyin boshlanadi. Tushunmayman, O'FA qanday ishlashadi? Umuman ular nimani istashadi, tushunmayman. Keyinchalik qanday ishlashadi, bilmayman. Hech nima tushunarsiz. CHempionat boshlandi. Lekin yana tanaffus. Keyingi o'yinni yana 20 kun kutishimizga to'g'ri keladi. Birinchi marotaba bunday holatga duch kelishimiz. Men bunday tashkilotning ishlash uslubini tushunolmayapman. Lekin bu erda shunday ishlashadi, shunday qoidalar bor. Demak shunga rioya qilib ishlaymiz va yashaymiz", - dedi Andrey Kanchelskis.

Reyting: +91   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика