O'FA Oston O'runov o'rniga boshqa futbolchini jalb etish bo'yicha so'rov yubordi

Aslanov Jasurbek
29 iyul 2024, 19:39
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi vakili Oston O'runov Dominikan Respublikasiga qarshi o'tkaziladigan Olimpiada guruh bosqichining 3-tur uchrashuvida ishtirok etmaydi.

O'runov Misrga qarshi bahsda (0:1) kichik jarohat olgan. Tekshiruvlar natijasida futbolchi Dominikanga qarshi uchrashuvgacha to'liq tiklana olmasligi ma'lum bo'ldi. Bu haqda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

O'FA Oston O'runov o'rniga qaydnomaga zaxiradan futbolchi jalb etish bo'yicha tashkiliy qo'mitaga so'rov yubordi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia