

O'runov Misrga qarshi bahsda (0:1) kichik jarohat olgan. Tekshiruvlar natijasida futbolchi Dominikanga qarshi uchrashuvgacha to'liq tiklana olmasligi ma'lum bo'ldi. Bu haqda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
O'FA Oston O'runov o'rniga qaydnomaga zaxiradan futbolchi jalb etish bo'yicha tashkiliy qo'mitaga so'rov yubordi.



