O'FA birinchi vice-prezidenti "Paxtakor" bosh murabbiyni tashakkurnoma bilan taqdirladi
24 fev 2019 08:30
Yangiliklar


O'FA birinchi vice-prezidenti "Paxtakor" bosh murabbiyni tashakkurnoma bilan taqdirladi
O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov “Paxtakor” ustozi SHota Arveladzega tashakkurnoma taqdim etdi, deya xabar bermoqda Toshkent klubi matbuot xizmati.
22 fevral kuni 46 yoshni qarshi olgan "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Unda xorijlik mutaxassis sifatida o'zbek futbolini yuksaltirish, yosh futbolchilarni terma jamoalarga tayyorlash, "Paxtakor" futbol klubining yanada rivojlanishiga qo'shayotgan hissasi uchun O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov SHota Arveladzega tashakkurnoma yo'llashi bitilgan. O'zbekiston Superkubogi uchrashuvidan avval tashakkurnoma "Paxtakor" bosh murabbiyiga topshirildi
O’xshash yangiliklar
01:58
"Sirdaryo FA" bosh murabbiyi Abbos Maxstaliev: "Maqsadimiz – akademiya yoshlariga imkoniyat berish" 3

Fikrlar