So’nggi yangiliklar

10:20Анри: “Гвардиола — тарихдаги энг яхши мураббий”  2 09:58Томас Мюллер фаолиятини якунлади — “Бавария” афсонаси сўнгги сўзини айтди  6 09:35ПСЖ "Реал Мадрид" юлдузини қўлга киритишни режалаштирмоқда  8 09:05Одил Ҳамробеков учун кураш: "Трактор" "Бунёдкор"га расмий таклиф юборди  10 08:35Факт: "Динамо" ва Абрамовнинг "Насаф" билан ўйинлардаги ноҳуш анъанаси давом этди  0 08:10Фламарион ва Сергеевнинг голлари "шерлар"га "Навбаҳор" устидан ғалаба келтирган учрашувдан галерея  10 08:00КТС тасвирга олган ўйинда "Навбаҳор" ютқазди, Самарқанддаги ўйинда эса Мазгавой "Насаф"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  12 07:30Суперлига. Бугун "Нефтчи" "Насаф"га яқинлашиб олиши мумкин  7 02:45Вадим Абрамов: "Насаф"ни узоқлаштириб юбормадик, ҳали умид бор"  8 01:43Фламарион нима сабабдан кўп ўйинларда қайдномага киритилмагани ва Габриэль Жезус билан муносабати ҳақида гапирди  0 01:38Азим Аҳмедов: "Навбаҳор"нинг биринчи даврадаги иштирокини 7-8 баллга баҳолаган бўлардим"  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Биз ҳали чемпионлик пойгасини тарк этмадик. Абдиҳолиқов 100% ҳал бўлди"  2 01:23Сергей Лушчан: "5-8та гол ўтказиб юбормаганимиз яхши бўлди. Таркибимиз ўзгармаяпти"  9 01:19Сардор Собирхўжаев: "Бу ўйинда қайси жамоа биринчи гол урса, ўша ғалаба қозонарди"  1 00:58Рўзиқул Бердиев: "Бугунги ўйинда фақатгина ВАР бўлмагани баҳсли вазиятга айланди"  14

"OF": Faoliyatini yakunlagan Edinak, "Ummon yoquti" va Iroq futboli afsonasi (3-son) Yangiliklar

"OF": Faoliyatini yakunlagan Edinak, "Ummon yoquti" va Iroq futboli afsonasi (3-son)

Osiyo futboliga bag'ishlangan loyihamizning 3-sonida bir qator (Avstraliya terma jamoasi sobiq sardori, shuningdek, Ummon va Iroq futbolining eng kuchli futbolchilari) nomlar haqida qisqacha malumot beramiz.

Mile Edinak

Kecha, 12 iyun kuni APL va Avstraliya terma jamoasi safidagi o'yinlari bilan sizga yaxshi tanish bo'lgan futbolchi faoliyatini yakunlaganini elon qildi.

Edinak 1984 yil Sidneyda xorvat muhojirlari oilasida dunyoga keldi. Futboldagi ilk odimlari kelajakda uning "sokkeruz" etakchisiga aylanishidan darak bermagan. SHu tufayli Milening terma jamoadagi debyuti ancha kech (24 yoshida) ro'y berdi. Biroq, shundan keyin barchasi o'zgarib ketdi. 2009 yilda Turkiya Superligasiga ko'chib o'tgan futbolchi Anqaraning "Genchlerbirligi" va Antaliyaning "Antalyaspor" jamoalarida to'p tepdi. Qatarda o'tkazilgan Osiyo kubogidan keyin top-ligalar vakillari nazariga tushib qolgan Edinak 2011 yilda "Kristal Pelas"ga ko'chib o'tdi. Janubiy London klubidagi 5 yillik faoliyatidan keyin "Aston Villa" safiga qo'shilgan xavbek 2019 yilning yoziga qadar birmingemliklar sharafini himoya qildi. So'nggi bir yil davomida erkin agent bo'lgan futbolchi 35 yoshida katta futbol bilan xayrlashdi.

Avstraliya terma jamoasidagi 10 yillik faoliyatida "sokkeruzlar"ning haqiqiy tayanchiga aylangan yarim himoyachi 3 mundial, 2 bor Osiyo kubogida ishtirok etgandi. 2011 yilgi qita chempionatida kumush, 2016 yil oltin medalga ega chiqqan Edinak Rossiya yashil maydonlarida o'tkazilagan mundial yakunida terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan. 


Husayin Said

1958 yil Bog'dodda tavallud topgan Husayin Said Muhammad Iroq futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchi hisoblanadi. Butun faoliyati (1975-91) davomida poytaxtning "Al-Talaba" jamoasi sharafini himoya qilgan hujumchi 3 bor mamlakat chempioni, 4 marta kubok g'olibiga aylandi.

Turli musobaqalarda 789 o'yin o'tkazgan forvard 685 ta gol urgan. U o'yinlar (126) va gollar soni (78) bo'yicha Iroq milliy jamoasi rekordchisi hisoblanadi. 

Malumot uchun, 32 yoshida faoliyatini yakunlagan Husayin Said terma jamoa safida gol urish bo'yicha eng yaxshi natija qayd etganlardan biri hisoblanadi.  Futbol tarixida faqat 4 nafar futbolchi undan yaxshiroq natija ko'rsatgan: Godfri CHitalu (Zambiya), Ferenc Pushkash (Vengriya), Ronaldu (Portugaliya), Ali Dayi (Eron).

Ali al-Xabsi

Ummon sultonligi futboli tarixidagi eng yorqin nom. Osiyolik darvozabonlar uchun Evropa maydonlariga yo'l olish uchun naqadar mushkul ekanidan xabaringiz bor. Ali al-Xabsi esa bu vazifani 22 yoshida (2003 yil) uddalagan. Uning taqdirini Norvegiya terma jamoasiga qarshi o'tkazilgan birgina o'rtoqlik o'yini o'zgartirib yubordi. Golkiper uchun mazkur bahs terma jamoadagi debyut o'yini edi. Yakunda norveglar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Ammo al-Xabsi kuchli reaksiyasi va betakror seyvlari bilan Norvegiyaning "Lyun" jamoasi etiborini o'ziga qarata qoldi. "Lyun"dagi 3 yillik faoliyati davomida Norvegiya chempionatining eng yaxshi posboni bo'lishga ham ulgurgan Ali 2006 yilda Sem Ellardays boshchiligidagi "Bolton"ga ko'chib o'tdi. SHundan keyin 11 yil davomida APL klublari sharafini himoya qildi ("Bolton", "Uigan", "Brayton", "Reding"). 2017 yilda Saudiya Arabistonining "Al-Xilol" jamoasi tarkibiga qo'shildi. 2019 yil (38 yoshida!) yana "Tumanli Albion"ga qaytdi va "Vest Boromvich" futbolchisiga aylandi.


Malumot uchun, Ali al-Xabsi 18 yildan buyon Ummon terma jamoasi postini himoya qilib kelmoqda. 

"OF": "Alan SHirer" va yapon futboli afsonasi (2-son)

"OF": Eronda o'ynayotgan Evropa chempioni (1-son)

Muallif :
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика