So’nggi yangiliklar

09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  0 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  1 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  0 07:35Лионель Месси жароҳат олди  1 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  1 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  3 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  112 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  18 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4

"Odil Junior Capri"ning eng yaxshi futbolchilari ko'rikdan o'tish uchun Milan shahriga boradilar Yangiliklar

"Odil Junior Capri"ning eng yaxshi futbolchilari ko'rikdan o'tish uchun Milan shahriga boradilar

Teglar :  Odil Junior Carpi
2017 yil boshida Evropa metodikasi asosida ish boshlagan "JFL Tashkent" jamoasi, Evropada o'z nomiga ega bo'lgan "Karpi" jamoasi bilan shartnoma imzolagach "Odil Junior Carpi" nomida faoliyatini davom ettira boshlagandi.

Odil Ahmedov va "Dolce Italia" kompaniyasi homiyligida amalga oshirilgan hamkorlik natijasida, shu yilning 28 noyabr - 7 dekabr kunlari klub tarbiyalanuvchilari Italiyada ko'rikdan o'tadigan bo'ldilar.


Unga ko'ra "Karpi" futbol klubi akademiyasi murabbiylari 4 kun davomida Abruccodagi filiallarida o'zbekistonlik yosh futbolchilar bilan mashg'ulot o'tkazadilar. SHundan so'ng, Milanda ko'rik bo'lib o'tadi. 2 kun davom etadigan ko'rik blic turnir asosida tashkil qilinadi unda Milan va Turin jamoalari qatnashadilar. Bularni barchasi "Odil Junior Capri"ning Italiyaga tashrif buyurishi munosabati bilan bo'layapti.

2007 va 2008 yillarda tavallud topgan 9 nafar futbolchi "Karpi" jamoasiga manzur kelsa, ularning ota-onalari bilan shartnoma imzolanadi.

Safar davomida klubning ikki nafar murabbiylari, Zayniddin Tojiev va Jahongir Usmonov Evropa metodikasi bilan yaqindan tanishadilar.

"8 oy davomida qilgan mehnatimizni sinab ko'rish maqsadida klub rahbariyati bizni Italiyaga yuborayapti. Etiborlisi shundaki, safarga shu yoshdagi eng istedodli futbolchilar yo'l olayapti. Bu erda hech qanday pul rol o'ynamadi. Maqsadimiz o'zbek istedodini nimalarga qodirligini ko'rsatish va italiyalik skautlarni nazariga tushish, futbolchi bo'lib kuchli beshlikka bora olmadim, shogirdlarimdan hech bo'lmasa biri muvaffaqiyatga erishsa men o'sha erda to'p tepgandek bo'laman. Bizni qo'llab-quvvatlayotgan sobiq jamoadoshim Odil Ahmedov va "Dolce Italia" kompaniyasiga ham o'z minnatdorchiligimni bildiraman", - deydi Zayniddin Tojiev.


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика