So’nggi yangiliklar

14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  7 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0

Odil Ahmedov: "Xitoyga qarshi bahsdan keyingi intervyu? Futbolga tegishli insonlarga etib borsin deb gapirdim" Yangiliklar

Odil Ahmedov: "Xitoyga qarshi bahsdan keyingi intervyu? Futbolga tegishli insonlarga etib borsin deb gapirdim"

O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov kecha (7 avgust) "Sport" telekanalida efirga uzatilgan "Gol" ko'rsatuvining mehmoni bo'ldi.

Ko'rsatuv boshlovchilaridan biri futbolchimizdan Xitoyga qarshi bahsdan (0:1) so'ng bergan intervyusi haqida so'radi.

"O'sha uchrashuvdagi (Xitoyga qarshi) mag'lubiyat juda alam qildi. Jahl ustida gapirdim (intervyu). So'zlarim futbolga tegishli insonlarga etib borsin deb gapirdim. Bular - futbolchilar, murabbiylar va shu sohada kim ishlasa o'shalar. O'yindan so'ng yigitlar bilan suhbatlashib, hammasi o'z qo'limizda ekanligini tushuntirishga harakat qildim. Bu intervyudan so'ng menga yozganlar bo'ldi. Bu intervyudan pushaymon bo'lganim yo'q. O'zbek futboli rivojlanishini istayman. Ushbu jahon chempionati men uchun ham so'nggi imkoniyat edi. Keyingi saralashda yoshim 34-35ga etib qoladi. Terma jamoaga yangi qon kerak. 34-35 yoshda shunchaki familiyam emas, hozir terma jamoaga qo'shilib, 2-3 yildan so'ng yaxshi formaga kirib olgan futbolchi to'p tepishini istayman. Terma jamoaga yangi yosh futbolchilarni olib kelish kerak bo'lsa, ketishga tayyorman. To'g'risi, o'sha ikki uchrashuvdan so'ng qanday holatga tushganimni o'zim bilaman. SHu sababli, har sohada o'zining ustalari ishlashi kerak deb o'ylayman. Bergan intervyuimda aynan shu haqida aytmoqchi edim" - deydi Odil Ahmedov.


Reyting: +70   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика