Odil Ahmedov: "SHomurodovning kelajakda "Real" va "Barselona"da o'ynashi mumkinligiga ishonaman"
29 iyu 2021 16:28
Yangiliklar
Odil Ahmedov: "SHomurodovning kelajakda "Real" va "Barselona"da o'ynashi mumkinligiga ishonaman"
O'zbekiston terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Odil Ahmedov Eldor SHomurodovning "Jenoa"dan "Roma"ga o'tishiga izoh bildirdi.
"Eldor uchun juda ham mamnunman, bu ajoyib yangilik. Umid qilamanki, u bilan "Roma"da hammasi yaxshi bo'ladi va futbolchi sifatida o'sadi. Uning kelajakda Madridning "Real" va "Barselona" klublarida o'ynashi mumkinligiga ishonaman. Buning uchun SHomurodovda barchasi bor. Bu butun O'zbekiston uchun katta quvonch, u mamlakatda futbolni ommalashtirmoqda va katta namuna bo'lmoqda.
Joze Mourinyu qo'l ostida Mxitaryan - SHomurodov bog'lamini ko'rish juda qiziq bo'ladi. Uning Italiya chempionatida porlashini tilayman. Asosiysi, jarohatlarsiz. Faqat omad va muvaffaqiyat", - deydi Ahmedov.
Eslatib o'tamiz, oldinroq bir qator insayderlar SHomurodovning "Roma"ga o'tishga yaqinligini xabar qilgandi.
Fikrlar