So’nggi yangiliklar

18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  3 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  4 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  11 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1

Odil Ahmedov: "O'zbekiston Rossiyaga bora oladi" Yangiliklar

Odil Ahmedov: "O'zbekiston Rossiyaga bora oladi"

O'zbekiston terma jamoasi sardori va Xitoyning "SHanxay SIPG" klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov FIFA.COM saytiga intervyu berdi.

"Biz 2018 yilda Rossiyadagi mundialga bora olamiz. Orzuimiz ushalishi va ilk bor Jahon chempionatiga chiqish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Biz guruhdagi har bir jamoa bilan o'ynab chiqdik. Endi javob bahslari bo'ladi. Ularda g'alaba qozonishga harakat qilamiz", - deydi Odil Ahmedov.

"Eron va Janubiy Koreya Osiyoning eng kuchli jamoalari. Ammo ular bilan o'yinlarda g'olib chiqishimiz mumkin edi. Afsuski imkoniyatni boy berdik. Oldingi mag'lubiyatlar bizga dars bo'lishi kerak. Ishonch bilan o'ynasak g'alaba qozonamiz. Oldindagi 4ta o'yinda g'alaba qozonsak Rossiyaga boramiz", - deydi terma jamoa sardori.



"O'z vaqtida "Anji" safida Eto'O va Roberto Karlos bilan o'ynaganman. Ularning ikkalasi ham ajoyib o'yinchilar havas qilsa arziydigan futbolchilar. Bu futbolchilar orqali men yanada professional bo'ldim. Rossiya chempionatidagi faoliyatim orqali men katta tajriba va bilimlarga ega bo'ldim. Premer-ligada jahon yulduzlari o'ynashadi. SHu bois klublar o'rtasidagi raqobat juda yuqori. Bu erda ayniqsa jismonan kuchayishga erishdim", - deydi o'zbekistonlik futbolchi.

"Men Jahon chempionatiga borishni juda xohlayman. Sababi mundial Rossiyada bo'ladi. Faqat bu safar O'zbekiston terma jamoasi safida bu erda o'ynashni istayman. Bu ajoyib bo'lardi", - deydi Odil Ahmedov FIFA.COM saytiga.



Narzulla Saydullaev tarjimasi

Reyting: +55   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика