Odil Ahmedov: "Muhimi boshlab oldik"
27 iyu 2020 21:38
Yangiliklar
Odil Ahmedov: "Muhimi boshlab oldik"
Bugun Xitoy chempionatining birinchi tur uchrashuvlari davom ettirildi. Uzoq tanaffusdan so'ng start olgan chempionatning birinchi turi hamyurtimiz uchun omadli keldi.
Odil Ahmedov to'p tepayotgan "SHanxay SIPG" "Tyanczin Teda"ga qarshi o'yinda 1:0 hisobida imkoniyatni boy berib turib, yakunda 3ta gol urgan holda muhim g'alabaga erishdi. O'yindan keyin terma jamoamiz sardori bilan bog'landik.
"Futbolni sog'inib qolgan edik. Mana bugun o'sha kun keldi va biz yashil maydonga qaytdik. O'yinda birinchi golni o'tkazib yuborgan bo'lsakda, xotirjam edik. Jamoamiz uzoq muddat bu o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'ra olgan edi. Bu safargi chempionat qiziq ko'rinishda o'tadi. Birinchi bosqichda 14ta o'yin o'ynaymiz, keyin ikkinchi bosqich bo'ladi. Hozircha bu qanday bo'lishi borasida menda axborot yo'q. Muhimi chempionatni boshlab oldik", - deydi Ahmedov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar