So’nggi yangiliklar

23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  0 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  9 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1

Odil Abdumajidov: "Andijonda – yaqinlarim ko'z o'ngida to'p tepish boshqacha zavq bag'ishlaydi" Yangiliklar

Odil Abdumajidov: "Andijonda – yaqinlarim ko'z o'ngida to'p tepish boshqacha zavq bag'ishlaydi"

"Andijon" klubi qishki transfer oynasida tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.

Kuni kecha himoyachi Odil Abdumajidov rasman "burgutlar" azosi sifatida tanishtirildi. Shundan so'ng klub matbuot xizmati bu futbolchi bilan suhbatlashdi.

- Odil, "Andijon" klubiga o'tganingiz bilan tabriklayman! Bu qanday yuz berdi?

- Tabrik uchun katta rahmat. 3-4 ta takliflar bo'layotgandi. O'zimizni chempionatdan ham, xorijdan ham qiziqishlar bor edi. Shularni ko'rib chiqayotgandim. Keyin Samvel Vyacheslavovich chaqirdi va biz ko'rishdik. Maqsad va barchasini tushuntirganidan keyin "Andijon"ga o'tishga qaror qildim. Bu taklif menga maqul keldi. 

- Katta futbolga Andijonda qadam qo'ygansiz va siz uyingizga qaytdingiz. Bu siz uchun nimani bildiradi?

- O'zim tug'ilib o'sgan joy. Ota-onam, yaqinlarim hammasi shu erda. Baribir Andijonda – yaqinlarim ko'z o'ngida to'p tepish boshqacha zavq bag'ishlaydi. Masuliyati ham boshqacha bo'ladi. Hammasi yaxshi bo'ladi degan umiddaman. 

- Yangi mavsumda jamoaning maqsadi katta. Siz esa uning bir bo'lagiga aylanyapsiz. Masuliyat yuki og'irlik qilmaydimi?

- Hech qanaqa og'irlik qilmaydi. Aksincha masuliyat qancha yuqori bo'lsa, futbolchi o'sib boraveradi. Bu o'sishimga katta yordam beradi deb o'ylayman. Anchadan beri futbol o'ynayman. Har xil joylarda o'ynadim. Barchasi joyida bo'ladi. 

- Bu yil "Turon"da va keyin "Sho'rtan"da o'ynadingiz. Lekin "Sho'rtan" ligani tark etdi. Shunday ekan, ortda qolgan mavsum haqida nima deya olasiz?

- Qiyin o'tdi deya olmayman. Futbolda har xil holatlar bo'ladi. "Sho'rtan"ga kelgan paytimda jamoa oxirgi o'rinda edi. Jamoani olib qolish uchun o'zimga maksimal maqsad qo'yganman va buning uchun harakat qildim. Bu — futbol. Biz qo'limizdan kelganicha sababini qildik. Nasib qilmadi. Lekin ko'p narsa oldim va o'rgandim deb bemalol ayta olaman. 

-  "Andijon" klubidagi o'zgarishlarni siz ham diqqat bilan kuzatib boryapsizmi? Fikringiz qanday?

- Albatta, kuzatib boryapman. Murabbiy jamoani maksimal kuchaytirish va o'z taktikasiga to'g'ri keladigan saviyali o'yinchilarni olish harakatida. Yaxshi futbolchilar olinyapti va hammasi yaxshi bo'ladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

   
01 jan 12:57:55
Каримов
Чемпионки насиб килсин
   
29 dek 18:08:53
NEWS 24
Xadeb oraaga emas oldinga xam oynashni organilar yaxshi darvozabon bolmasa jamoa ronaldu kelsa xam top otqazaveradi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика