So’nggi yangiliklar

23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  0 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  46 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4

Odil Ahmedov: Krasnodar Rossiyadagi so'nggi klubim, degan umiddaman Yangiliklar

Odil Ahmedov: Krasnodar Rossiyadagi so'nggi klubim, degan umiddaman

RFPLning yangi mavsumi Krasnodar uchun biroz g'alati boshlandi.

Buqalar chempionatning o'z uylarida o'tgan dastlabki bahslarida g'alaba qozonishdi, Evropa Ligasi guruh bosqichiga chiqishni uddalashdi. Ammo keyinchalik jamoa o'yinida pasayish kuzatildi. Navbatdagi to'rt uchrashuvda krasnodarliklar biror marta g'alaba qozonishmadi - 2ta durang, 2ta mag'lubiyat. Omadsiz seriya natijasida bosh murabbiy Oleg Kononov bo'shatildi. Izvestiya nashri muxbirlari Krasnodarda to'p surayotgan hamyurtimiz Odil Ahmedovni suhbatga tortib, o'zgarishlardan so'ng klubda qanday holat hukm surayotgani, kelgusidagi maqsadlar hamda o'zbek futbolchisining eng katta orzusi haqida malumot olishdi.

- Oleg Kononovning bosh murabbiylikdan ketishi jamoa va shaxsan sizga qanday tasir qildi?


- Bu haqiqatan, kutilmagan voqeaga aylandi. Ammo har qaysi murabbiy shunday holatga tayyor turishi lozim. Axir undan jamoa o'yinini yaxshi tomonga o'zgartirish talab etiladi. Futbolda asosiysi - natija. Agar natija bo'lmasa, ketishga hozirlanaverish kerak.

- Kononov jamoa bilan qanday xayrlashdi? Ketish arafasida sizlarga nima dedi?


- Barchamizga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi, jamoaga omad tiladi.

- Ushbu mutaxassis yo'qligida Krasnodar qiynalmaydimi?


- Balki bosh murabbiyning istefosi to'g'ri qaror bo'lgandir, ehtimol bu holat muvaffaqiyatimiz uchun xizmat qilar. SHu tariqa Rossiya chempionatidagi omadsizlikni bartaraf etib, mavsumni ko'ngildagidek o'tkazishimiz ham mumkin. Murabbiy almashishi ko'pincha jamoaga ijobiy tasir o'tkazadi. Natija ham o'zini uzoq kuttirmaydi. Mana, Krasnodar so'nggi 3ta o'yinning barchasini o'z foydasiga hal etdi.

- Bosh murabbiy vazifasini bajarish Igor SHalimov zimmasiga yuklatilgach, jamoa o'yinida jiddiy o'zgarishlar kuzatildimi?


- SHalimovning o'z qarashlari va metodikasi bor, shunday ekan, taktika va mashg'ulotlar jarayonida o'zgarishlar ro'y berishi tabiiy hol. Krasnodarning o'yini har doim qisqa va o'rta paslarga bog'liq bo'lgan, yangi murabbiy aynan shu uslubni saqlab qolishimiz lozimligini uqtirdi. Umuman olganda, Oleg Kononov va Igor SHalimov tanlaydigan sxemalar o'rtasida katta farq yo'q.

- Hozir jamoada qanday muhit hukm surmoqda?

- Barchasi joyida, jamoamiz ahil, hamma bir-birini hurmat qiladi, qo'llab-quvvatlaydi, maydon va uning tashqarisida ko'makka hamisha shay. Bu jihat har qaysi jamoa uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

- Krasnodar Rossiya chempionati va Evropa Ligasida o'z oldiga qanday maqsadlarni qo'ygan?


- Har bir turnirda maksimal muvaffaqiyatga erishishga intilamiz.

- RFPL 8-turida CSKA mehmoni bo'lasizlar (ushbu bahs 1:1 hisobida yakunlandi, Ahmedov 73 daqiqa o'ynadi - IF). CHempionat etakchilaridan biriga qarshi kechadigan bahsga tayyorgarlik qanday kechyapti?


- Armiyachilarga qarshi oson o'yin bo'lmasligi aniq. CSKA bilan uchrashuvlar doimo murakkabligi bilan ajralib turgan, ammo tayyorgarlik rejadagidek ketmoqda. Imkon qadar ijobiy natijaga erishmoqchimiz.

- O'zingizni Evropa chempionatlaridan birida sinab ko'rishni niyat qilganmisiz?


- Albatta, har doim ko'hna qitada o'ynashni xohlaganman. Takliflar bo'lgan, biroq yakunda transfer amalga oshmadi. Hozircha taqdir Rossiya­da to'p surishimni taqozo etmoqda.

- O'zingizni RFPLning boshqa klubi libosida tasavvur qila olasizmi yoki Krasnodarga sodiqmisiz?


- Rossiyadagi faoliyatim Maxach­qala­ning Anji klubida boshlangan. Endi esa Krasnodardaman. Bu Rossiyadagi so'nggi klubim, degan umiddaman. Ammo kelgusida har narsa bo'lishi mumkin.

- Sizningcha, RFPLdagi eng yaxshi murabbiy kim?


- Rossiya premer-ligasi istedodli mutaxassislarga boy. SHunga qaramay, aniq bir nomni aytishim qiyin.

- Fyodor Smolov so'nggi paytlarda ajoyib sermahsullikka erishmoqda, vaholanki, bir-ikki yil avval bunday ko'rsatkich bilan maqtanolmasdi. Bunga nima sabab bo'lyapti, deb o'ylaysiz?


- Fyodor haqiqatan, hozir ajo­yib formada - yaxshi o'yin ko'rsatib, natija keltirmoqda. Buning sababchisi uning o'zi. Smolov yuksak saviyaga erisha oldi va jamoadagilar uning mavsum oxirigacha shu tahlit davom etishini xohlashmoqda.

- O'zbekiston milliy jamoasi JCH-2018 saralashining hal qiluvchi raundini ikkita g'alaba bilan boshladi. Termangizning mundialga chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?


Intervyuning to'liq qismini "InterFutbol" saytida o'qish mumkin.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика