Odil Ahmedov kecha "SHanxay SIPG" tarkibidagi 100-o'yinini o'tkazdi Yangiliklar

Odil Ahmedov kecha "SHanxay SIPG" tarkibidagi 100-o'yinini o'tkazdi

O'zbekiston MTJ sardori Odil Ahmedov kecha "SHanxay SIPG" tarkibidagi yubiley, aniqrog'i 100-o'yinini o'tkazdi.

Kecha "SHanxay SIPG" Xitoy Superligasi doirasidagi "Uxan CHjoer" jamoasiga qarshi o'yinda kambek qayd etdi. 0:1 hisobida ortda borayotgan shanxayliklar yakunda Arnautovich va Oskarning gollari evaziga 3 ochkoni qo'lga kiritishdi.

Etiborlisi, Ahmedov xitoyliklar tarkibidagi 100-o'yinini aynan "Uxan CHjoer"ga qarshi o'tkazdi.

Jamoadagi bunday muvaffaqiyat bilan hamyurtimizni qutlashdi va "SHanxay SIPG" bosh murabbiyi Vitor Pereyra Ahmedovga esdalik uchun 100 raqami yozilgan libosni taqdim etdi.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика