So’nggi yangiliklar

18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:43Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон". Таркиблар маълум  3 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  0 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 1:0 (матнли трансляция)  3 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  11 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  14 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  7

Odil Ahmedov futbol akademiyasi "Olimpiada-32" loyihasini yo'lga qo'yadi, 18 nafar bolaga bepul yotoq! Yangiliklar

Odil Ahmedov futbol akademiyasi "Olimpiada-32" loyihasini yo'lga qo'yadi, 18 nafar bolaga bepul yotoq!

O'zbekistonda bolalar futboliga katta etibor qaratayotgan Odil Ahmedov va uning "Ko"si yangi loyihaga qo'l urdilar.

Namangan viloyatining To'raqo'rg'on tumanida qad ko'targan yangi akademiya binosida O'zbekiston terma jamoasining kelajagi yo'lida "Olimpiada-32" loyihasini yo'lga qo'yganligi haqida xabar beradi. Loyihaga ko'ra 12 nafar 2009 yil, 6 nafar 2010 yilda tavallud topgan futbolchi Respublika bo'ylab saralab olinadi va ular bepul yotoq va talim bilan taminlanadilar. Malakali murabbiylar yordamida tarbiya oladigan futbolchilar 2021 yildan etiboran Toshkent shahar chempionatining 2009 yillar musobaqasida ishtirok etadilar.

"2032 yilda bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiada o'yinlarida O'zbekiston OTJ negizini 2009-2012 yillarda tavallud topgan futbolchilar tashkil qiladi. Aynan shuning uchun biz mazkur yoshga katta etibor qaratishni lozim topdik. Ularni 12 yoshidanoq saralab olib, har bir yoshda berilishi kerak bo'lgan bilimlarni berib boramiz. Bu bilan butun terma jamoa bizning futbolchilardan tashkil topadi deb aytmayman. Bu erda kuchli jamoalar ko'p, biz ularga raqobat yaratamiz xolos. Balki mazkur terma jamoada bizdan 2 nafar bola tushar, balki 10 nafar, buni vaqt ko'rsatadi", - deydi Odil Ahmedov.

Loyiha ikki qismdan iborat bo'ladi. Birinchi qism allaqachon boshlangan bo'lib, unga Dilshod Nuraliev rahbarlik qilyapti. Ayni paytda, "Odil Ahmedov FA"ning Toshkentdagi 2009 yillarda tavallud topgan jamoasiga ustozlik qilayotgan murabbiy qo'l ostidagi tarbiyalanuvchilar, Toshkent shahar chempionatining 2008 yillarda tavallud topgan futbolchilar musobaqasida tajriba to'playaptilar va ular o'z yoshlarida eng yaxshi jamoalardan biri hisoblanadilar.

2022 yilga kelib Namangan va Toshkentdagi 2009 yillarda tavallud topgan futbolchilar birlashadilar va bitta kuchli jamoaga aylanadilar. Aynan shu tarkib keyinchalik bo'lib o'tadigan kuchli musobaqalarda qatnashib boradilar.

Agar Sizning farzandingiz 2009-2010 yillarda tavallud topgan bo'lsa va u 3 yildan beri futbol bilan shug'ullangan bulsa unda biz bilan bog'laning.

Malumot uchun telefon: +998 972313226

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика