Odil Ahmedov Dioshdyorga qarshi o'ynay olmaydi
07 avg 2014 12:49
Yangiliklar
Odil Ahmedov Dioshdyorga qarshi o'ynay olmaydi
Krasnodar yarim himoyachisi Odil Ahmedov Evropa ligasi doirasidagi Dioshderga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi, bu haqda buqalar bosh murabbiyi Oleg Kononov malum qildi.
Uchinchi saralash bosqichi doirasidagi javob bahsi bugun, 7 avgust kuni Krasnodarda bo'lib o'tadi. Birinchi o'yinda Krasnodar safarda yirik g'alabaga erishgandi - 5:1. Ahmedov Rossiya chempionatining birinchi turidan o'rin olgan Lokomotivga qarshi o'yinni (0:0) jarohat tufayli o'tkazib yuborgandi.
Ertaga Odil Ahmedov o'ynaydimi? U hozircha individual tarzda ishlaydi. Rejamizga ko'ra u Rossiya premer ligasining ikkinchi turida maydonga tushishi kerak, - deydi Kononov jurnalistlarga.
Ertaga Odil Ahmedov o'ynaydimi? U hozircha individual tarzda ishlaydi. Rejamizga ko'ra u Rossiya premer ligasining ikkinchi turida maydonga tushishi kerak, - deydi Kononov jurnalistlarga.
Fikrlar