Odil Abdumajidov: "Xato qilishga haqqimiz yo'q, "Qo'qon-1912" bilan 6 ochkolik o'yin bo'ladi"
09 avg 23:25
Yangiliklar
Odil Abdumajidov: "Xato qilishga haqqimiz yo'q, "Qo'qon-1912" bilan 6 ochkolik o'yin bo'ladi"
G'uzorning "Sho'rtan" klubi ham elitada qolishga astoydil bel bog'lagan. Eldor Moyliev shogirdlari 17-turda yuqori o'rinlarga intilayotgan "Bunyodkor" bilan safarda bir ochkoni qo'lga kiritdi. Uchrashuvdan so'ng "Sho'rtan" himoyachisi Odil Abdumajidov fikrlarini bildirdi.
- "Bunyodkor"ga qarshi mehmonda o'ynash qanchalik qiyin bo'ldi? O'yin haqida xulosalar qanday, xotirjamlikda fikrlar ham boshqacha bo'lsa kerak?
- "Bunyodkor" taktik jihatdan yaxshi jamoa hisoblanardi. Ular bekorga yuqori o'rinlarga kurashayotgani yo'q. Anchagina qiyin o'yin o'tkazdik deya olaman. Shunga qaramay munosib qarshilik ko'rsata oldik.
- Qo'lga kiritilgan bir ochkoda nima ko'proq rol o'ynadi?
- Bu o'yinda "Xorazm"ga qaraganda yigitlarning ko'zi yonib turdi. Maydonda borlarini berishdi.
- "Sho'rtan" uchun har bir o'yin final. Bu bosim yuklashi aniq. O'yinda bu muammo tug'dirmayaptimi?
- To'g'ri, ayrim epizodlarda muammo tug'diryapti, chunki xato qilishga haqqimiz yo'q. Bu yo'lni o'zimiz tanladik. Nasib qilsa, "Sho'rtan"ni Superligada olib qolamiz.
- Navbatdagi o'yin "Qo'qon-1912"ga qarshi bo'ladi...
- Chempionatdagi eng qiyin o'yin kutmoqda. Qo'qonliklar ham biz kabi holatda. Umumiy qilib aytsam 6 ochkolik o'yin bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar