Mayami meri Messiga shahar kalitini topshirdi
07 noy 11:39
Yangiliklar
Mayami meri Messiga shahar kalitini topshirdi
Mayami meri Frensis Suares Lionel Messiga shaharning ramziy kalitini rasman topshirdi hamda argentinalik futbolchining futbol rivojiga va Mayamini targ'ib qilishga qo'shgan hissasini etirof etdi.
"Men ushbu kalitni shahrimiz, mamlakatimiz va butun futbol olami uchun qilgan barcha ishlaringiz uchun topshirmoqchiman. Sizga rahmat!", – dedi Suares.
Messi 2023 yil iyul oyidan beri "Inter Mayami"da o'ynab kelmoqda. Bu vaqt ichida 84 o'yinda maydonga tushib, 74 ta gol urdi va 37 ta golli uzatma berdi.
38 yoshli argentinalik futbolchi sakkizta "Oltin to'p", Jahon chempionati, Amerika Kubogi va to'rt marta Chempionlar Ligasi chempionligini qo'lga kiritdi.
Avvalroq Messi faoliyati shu darajada bo'lishi uchun hayotida ko'p narsalarni qurbon qilganini aytgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar
(To'g'ri ma'noda) xD
«Men o‘zimni eng yaxshi deb hisoblamayman. Men har kuni o‘zimni takomillashtirishga, jamoaga yordam berishga va g‘alaba qozonishga harakat qilaman.»
???? Marca intervyusi, 2019
«Men o‘zimni hech kim bilan solishtirmayman. Menga g‘alaba qozonish yoqadi, lekin eng zo‘r ekanligimni isbotlashim shart emas.»
???? France Football intervyusi, 2021
«Agar kimdir meni eng yaxshi deb hisoblasa — bu yoqimli. Lekin men bu haqida o‘ylamayman.»
???? "Oltin to‘p"ni topshirish marosimidan so‘ng, 2023
«Men eng yaxshi, ikkinchi yoki uchinchi bo‘lish uchun o‘ynamayman. Meni tarixdagi eng yaxshi deb hisoblashadimi — menga farqi yo‘q. Men hech qachon bunga intilmaganman.»
???? TyC Sports (Argentina) intervyusi
«Men eng yaxshimisman yoki yo‘qmi, bu haqida o‘ylamayman. Oxir-oqibat, hatto eng yaxshi bo‘lsam ham — bu hech narsani o‘zgartirmaydi.»
???? ESPN intervyusi, 2019
«Meni dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb atashlarining o‘zi menga yetadi. Men birinchi bo‘lishim yoki bo‘lmasligining farqi yo‘q. Men hech qachon “eng zo‘r” bo‘lishga intilmaganman.»
???? L’Équipe / Reuters intervyusi, 7-"Oltin to‘p"dan so‘ng (2021)
????️ Messi Jahon Chempion bo‘lgandan keyin:
«Har doim aytganman: tarixdagi eng yaxshi futbolchi ekanligimni bilmayman. Agar men eng yaxshilardan biri bo‘lsam — bu ajoyib.»