Elit OCHL. "Traktorsozi" g'alabaga erishdi, Hamrobekov maydonga tushdi, "Al Duhayl" ilk uch ochkosini tantana qildi (+JADVAL)
03 noy 2025 23:19
Yangiliklar
Elit OCHL. "Traktorsozi" g'alabaga erishdi, Hamrobekov maydonga tushdi, "Al Duhayl" ilk uch ochkosini tantana qildi (+JADVAL)
Bugungi bahslarda "Nasaf" g'alabani qo'ldan boy bergan bo'lsa, biroz oldin yakunlangan bahslarda BAA va Eron jamoalari g'alabaga erishishdi.
"Traktorsozi" Iroqning "Al Shorta" jamoasini qabul qilib, kichik (1:0) hisobda zafar quchdi. Eronliklar safida to'p tepayotgan Odil Hamrobekov 80 daqiqada zaxiradan bahsga qo'shildi. "Al Duhayl" (Qatar) esa "Shabab Al Ahli"ni (BAA) 4:1 hisobida taslim qildi.
Ushbu uchrashuvlardan so'ng turnir jadvalining g'arb mintaqasida oxirgi o'rnini "Nasaf" egallab turibdi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari hozirgacha birorta ochko to'play olgani yo'q. Qarshi jamoasini enggan "Al Vahda" esa ayni damda 10 ochko bilan jadval etakchisi bo'lib turibdi, ammo "Al Hilol" (9 ochko) bugun "Al Garaafa" ustidan g'alaba qozonsa etakchilik Saudiya Arabistoni jamoasiga o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar