Proliga. Bugun Superliga yo'llanmasiga ega chiqadigan jamoa aniq bo'ladi
09 noy 2025 07:34
Yangiliklar
Proliga. Bugun Superliga yo'llanmasiga ega chiqadigan jamoa aniq bo'ladi
Musobaqa etakchisi "Lokomotiv" hozirda ikkinchi o'rinda ketayotgan "Aral" mehmoni bo'ladi. Ayni vaqtda Toshkent jamoasida 41 ta ochko bor. Nukusliklarning ochkolari esa 38 tani tashkil qiladi. "Aral" jamoasi to'g'ridan-to'g'ri Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun bugungi bahsda ikki va undan ortiq to'p farqi bilan g'alaba qozonishi lozim. Qolgan barcha holatdagi natija "Lokomotiv"ni Superligaga olib chiqadi.
Shuningdek, kunning ikkinchi bahsida "Olimpik-Mobiz" "Jayxun"ni qabul qiladi. Har ikki bahs soat 14:00 da start oladi.
Pro liga
20-tur
"Olimpik-MobiUz" – "Jayxun"
09.11.2025
Bosh hakam: Nayim Qosimov
Yordamchi hakamlar: Husan Xudoyberdiev, Rasul Fozilov
Nazoratchi: Olim Abduvasilov
Komissar: Bekzod Aripov
"Aral" – "Lokomotiv"
09.11.2025
Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev
Yordamchi hakamlar: Dilshod Jumaniyozov, Farhod Usmonov
Nazoratchi: Husniddin Shodmonov
Komissar: Vladimir Nazarov

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar